Tavrot (ibroniycha:תּוֹרָה, yaʼni„tora“ — taʼlimot, qonun) —iudaizmdinining muqaddas kitobi. Tavrot 5 ta kitob (Ibtido, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun)ning umumiy nomi. Iudaizm vaislom aqidasi boʻyicha, Tavrot Allohning Musoga a.s Jabroil a.s orqali tushirgan kitobi. Koʻpincha u "Muso qonunlari" deb ham ataladi. Tavrot yozuvlari ogʻzaki tarzda mil. av. 11—6-asrlar oʻrtasida shakllangan. 5-asrdaFalastinda kitob shakliga keltirilgan. Tavrotda dunyoning yaratilishi, Odamato, Momohavo, toʻfon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, ilk yahudiy paygʻambarlari, yaxudiylarning Misrdan chiqib asirlikdan qutulishi, ularga Falastinni muqaddas yer sifatida berilishi, Musoning xudodan olgan koʻrsatmalari, Yaxvaga sigʻinishning boshlanishi, diniyaqida, tartib va marosimlar, yahudiylarning 40 yil Sinay yarim orolda koʻchmanchilikda hayot kechirishi, yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalq ekani bayon qilinadi. Tavrotni asrlar davomida talqin va qayta talqin etish natijasida iudaizmning yana bir muqaddas kitobi —Talmud shakllangan.
Qurʼonda Tavrot haqida bir qancha oyatlar bor. Qurʼonga koʻra, Injildagi kabi Tavrotda ham yahudiylardan boʻlmagan Ahmad ismli paygʻambarning dunyoga kelishi haqida aytilgan. Musulmon adabiyotida "Qadimgi ahd" da uchraydigan barcha kitoblarni Tavrot deb ataydilar.