Tanja Mihhailova-Saar | |
|---|---|
Tanja Mihhailova (Eurovision 2014) | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | Tatjana Mihhailova 19-iyun1983-yil (1983-06-19) (42 yosh) Kaliningrad,Rossiya SFSR, USSR |
| Janrlar | pop |
| Faoliyat yillari | 2001–hozirgacha |
| Fuqaroligi | Estoniya |
| Veb-sayt | tanjamusic.com[1] |
Tatjana Mihhailova-Saar[2] (ruscha:Татьяна Михайлова; 1983-yil 19-iyunda tugʻilgan)[3],Tanja yokiTanjaMihhailova nomi bilan tanilganestrada xonandasi va aktrisasi.RossiyaningKaliningrad shahrida tugʻilgan, ammo yoshligidanEstoniyada yashab kelmoqda[4]. Professional faoliyati davomida bir nechta guruhlar aʼzosi boʻlgan va musiqiy spektakllarda ishtirok etgan. 2014-yilda „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida „Amazing“ nomli qoʻshigʻi bilan Estoniya sharafini himoya qilgan, biroq yarim finalda 12-oʻrinni egallagan va finalga chiqa olmagan.
Mihhailova-Saar 1983-yilda RossiyaningKaliningrad shahrida dunyoga kelgan, biroq ikki oyligida oilasi Estoniyaga koʻchib oʻtgan[5]. Tatjana Estoniyaning Kohtla-Järve shahrida voyaga yetgan[6].
Tanja yoshligidanoq qoʻshiq ayta boshlagan va Estoniya,Rossiya hamdaUkrainadagi koʻplab tanlovlar va qoʻshiq festivallarida ishtirok etgan. 1998-yilda uLatviyaningYurmala shahrida oʻtkazilgan „Utrennaya zvezda“ tanlovida gʻolib boʻlgan. 2002-yilda esa „Fizz Superstar 2002“ Baltika qoʻshiq tanlovida qatnashgan[7].
Nightlight Duo | |
|---|---|
| Tavalludi | 19-iyun1983 |
| Janrlar | texno |
| Faoliyat yillari | 2001–2004[1] |
| Fuqaroligi | Estoniya |
| Veb-sayt | http://tanjamusic.com/ |
2001-yilda estoniyalik prodyuserSven Lõhmus hamda xonanda Ly Lumiste bilan birgalikda Tanja „Nightlight Duo“ nomli texno janrida ijod qiluvchi guruh tuzgan. GuruhJäljed liival (Qumdagi izlar) vaMiks ma ei suuda su maailma muuta (Nega men sening dunyoingni oʻzgartira olmayman) nomli ikkita albom chiqargan. Ikkinchi albom „Aasta uustulnuk 2002“ mukofotini qoʻlga kiritgan va yilning eng yaxshi albomi deb topilgan[8].
Nightlight Duo guruhi Estoniyaning „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish uchun oʻtkazilgan saralash bosqichi „Eurolaul“da ikki marta ishtirok etgan. 2002-yilda ular ijro etgan „Another Country Song“ nomli qoʻshiq tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagan[9]. Oradan bir yil oʻtib, 2003-yilda „I Can B the 1“ qoʻshigʻi bilan toʻrtinchi oʻringa loyiq deb topilgan[10]. Har ikkala qoʻshiq muallifi va prodyuseri Sven Lõhmus boʻlgan.
2004-yilda guruh aʼzosi Ly Lumiste homilador boʻlgani sababli tarqatib yuborilgan. Shundan soʻng, Tanja oʻzining musiqiy faoliyatini mustaqil ravishda davom ettirgan.