Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Taman yarim oroli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taman yarim oroli - Gʻarbiy Kavkaz oldidagi yarim orol. Rossiya FederatsiyasiKrasnodar oʻlkasi tarkibiga kiradi. "Taman" soʻzi adigey tilida "temen" — botkrklik demak.

Shim.danAzov dengizi, jan.dan Kora dengiz, gʻarbdanKerch boʻgʻozi bilan oʻralgan. Maydoni 2000 km² ga yaqin. Qirgʻoklari past, qoʻltiqlar bilan kesilgan (eng yirigi Taman qoʻltigʻi). Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan antiklinal qator tepalardan iborat, paleogen va neogen davrlariga mansub gilli togʻ jinslaridan tashkil topgan. Taman yarim orolida balchikli vulkan konuslari (umumiy soni 25 dan ortiq) bor, ularning bal. 164 m gacha.

Qator tepalar orasidagi pastqam yerlar toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan. Bulardagi hamma tomoni berk shoʻr suv havzalari va qoʻltiqchalar shoʻrxokzorlar bilan tutashib ketadi. Neft, yonuvchi gaz, temir ruda konlari ochilgan. Iqlimi kuruq. yiliga 400 mm gacha yogʻin tushadi. Yer yuzasining ancha qismi haydalgan, bugʻdoy, makkajoʻxori ekiladi. Tokchilik, bogdorchilik rivojlangan. Taman yarim orolio.da Temryuk sh. bor.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Taman_yarim_oroli&oldid=5263235" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp