Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Talmih

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Talmih (arabcha – ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash) –mumtozsheʼriyatda keng qoʻllangan badiiy sanʼatlardan biri. Bundashoir mashhur birqissa, voqea yokiasarga ishora qilish orqali oʻz fikrinimuxtasarhikoya qiladi. Shunga koʻra, T.sheʼrda ozsoʻz bilankoʻp maʼnoni ifodalashsanʼati deyiladi. Masalan,Atoiy Sen buti Chin ishqida holimni ayb etkan kishi"Mantiquttayr" ichra koʻrsun Shayx Sanʼon qissasin.baytida oʻzining birgoʻzal ishqida ne holga tushganini batafsil bayon qilib oʻtirmay, Farididdin Attorning„Mantiq uttayr“dostonidagi mashhur „Shayx Sanʼon qissasi“ga ishora qiladi: Shayx Sanʼon voqeasidan xabardor kishi mening holatimni sira ayb qilmaydi, deydi. Shu tariqa, butun bir kitobga jo boʻladigan fikr bir baytga singdiriladi.

T. 3 koʻrinishda namoyon boʻladi: ejoz, musovot va bast. Ejoz – oz soʻz bilan koʻp maʼnoni ifodalash. Musovotda soʻz va maʼno teng. Bayet esa maʼnoni koʻp soʻz bilan ifodalashdan iborat.Istiora vatashbih ejoz jumlasidan boʻlib, ortiqchabayon va shubhani bartaraf etish uchun batafsil maʼlumot keltirish bilan bogʻliq sanʼatlar bast hisoblanadi. Bu sanʼatlardan eng koʻp qoʻllanadigani —ejoz.

Sharqmumtoz adabiyotida talmih sanʼatiga koʻp shoirlar murojaat qilgan. Zamonaviy shoirlar ijodida ham T.ning goʻzal namunalari mavjud.



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Talmih&oldid=4941019" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp