Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Tallibarzu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladamanbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yokiumuman koʻrsatilmagan. Iltimos,qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.

Tallibarzu, Uzuntepa — soʻnggiantik va ilkoʻrta asrga oidshahar xarobasi.Samarqand shahridan 6 kmjan.da joylashgan. G. V. Grigoryev (1936—38),Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi (1939)qazishmalar oʻtkazgan va natijada shaharning mil. av. 1ming yillikdan mil. 8-asrgacha boʻlgan 6 tamadaniy qatlami aniqlangan. T. B.ning umumiymaydoni 5ga,toʻrtburchak shaklida, atrofi koʻplabshinaklari vaburjlari boʻlgan qalindevor bilan oʻrab olingan. Shaharning markazidakuhandiz (bal. 18 m) joylashgan,56-asrlarda bu yerda qasrli mustahkamqoʻrgʻonqurilgan.Aholideqqonchilik,chorvachilik,hunarmandchilik bilan shugʻullangan. T. B.dan qizilranggaboʻyalgan qadaxlar, ikki boshliqoʻchqor koʻrinishidagikabob koʻrasi, naqshinkorsopol idishlar,haykallar,yozuv namunalari topilgan.Arab xalifaliginingSugʻdni bosib olishijarayonida (8-asr boshi) vayron boʻlgan.



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tallibarzu&oldid=5362370" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp