Taba tobein (arab. تَابِعُ ٱلتَّابِعِينَ) – islomda tobeinlardan keyingi avlod.
Musulmonlarning birinchi avlodi sahobalar yoki Muhammad (s.a.v.)ning sahobalari deb nomlanadi. Sahobadan keyin kelgan musulmonlarning ikkinchi avlodi tobeinlar deb ataladi. Tobeinlardan keyin kelgan, hech boʻlmaganda bitta tobein bilan uchrashgan uchinchi avlod musulmonlarga „taba tobein“ deyiladi[1]. Mazkur uch avlod islomning salaflarini tashkil qiladi.
Sunniylar taba tobeinni quyidagicha taʼriflaydilar:
Sunniylar taba tobeinlarni tobeinlardan keyingi eng yaxshi avlod deb hisoblaydilar. Muhammad (s.a.v.): „Odamlarning yaxshilari mening zamonimdagilardir, soʻng ularga yaqin boʻlganlar, soʻng ularga yaqin boʻlganlardir“ deganlar (Imom Buxoriy rivoyati)[2].
Sufyon Savriy (97-161 hijriy)
Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198 hijriy)
Avzoiy (vaf. 158-hijriy).
Abdulloh ibn Muborak (118/726-797 hijriy)
Makkiy ibn Ibrohim (hijriy 125–210; milodiy 742–825)
Sirri Saqatiy (155-253 hijriy)
![]() | Islom diniga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |