![]() | Ushbu sahifaniAhl as-Sunna val-Jamoa bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Sunniylik (sunna soʻzidan) -islomdinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Sunniylikka (qolgan 7% ishialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, O'rta Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.
Sunniylik boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam) ning "Al-Fiqhul Akbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan.
Sunniylik tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat:
Sunniylikda 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. S. islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
Sunniylik bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekistonda, asosan, Sunniylikka eʼtiqod qilinadi..
![]() | Bu maqoladaboshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |