Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sudet togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sudet togʻlari — Gʻarbiy Yevropadagi togʻlar. Shim.gʻarbdan jan.sharqqa 310 km ga choʻzilgan. Boʻylama tektonik soyliklar orqali ajralgan ayrim tizma va massivlardan iborat. Shimoli-sharqdanChexiya massivini oʻrab turadi. Eng baland joyi 1602 m (Snejka choʻqqisi). Asosan,granit, gneys,qumtosh, slanetslardan tuzilgan. Tog tepalari yassi, yon bagʻirlari tik. Yuqori mintaqada alp tipli relyef shakllari, morenali koʻllar uchraydi. Sudet togʻlaridan Elba, Odra, Morava daryolari boshlanadi. Iqlimi moʻtadil, yanvar

ning oʻrtacha temperaturasi —4°, —7°, iyulniki 8—14°. Yillik yogʻin 700–1400 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan, togʻ tepalarida oʻtloq va torfli yerlar koʻp. Balneologik kurortlar bor. Turizm rivojlangan[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Sudet togʻlari“,Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sudet_togʻlari&oldid=5479966" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp