Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Suchjou

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suchjou, Usyan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Tayxu koʻli yaqinida.Szyansu provinsiyasida. Aholisi 3,3 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari).Buyuk kanal boʻyidagi port. Intensiv qishloq xoʻjaligi. (sholi, bugʻdoy, pane yetishtirish, choy plantatsiyalari) rayoni markazi. Mamlakatning yirik ipak sanoati markazlaridan. Metallurgiya, kimyo, oynashisha, keramika, qogʻoz sanoati korxonalari bor. Kustar usulda eksport uchun badiiy kashta toʻqiladi. Shaharga mil.av. 5-asrda asos solingan. 3—16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Tarixiy yodgorlik, bogʻ va park koʻp.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Suchjou&oldid=5356922" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp