Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Stepnogorsk

Koordinatalari:52°20′49″N71°52′54″E / 52.34694°N 71.88167°E /52.34694; 71.88167
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stepnogorsk
qoz. Степногорск
shahar
52°20′49″N71°52′54″E / 52.34694°N 71.88167°E /52.34694; 71.88167
MamlakatQozogʻiston
shaharOqmoʻla viloyati
Hukumat
 • AkimTakambayev Muratbek Shamilovich
Asos solingan1959
Qachondan beri shahar1964
Aholisi
 (2012)
46,401[1]
Milliy tarkibruslar (50,32 %)
qozoqlar (34,48 %)
ukrainlar (5,31 %)
olmonlar (3,39 %)
tatarlar (2,21 %)
belaruslar (1,31 %)
polyaklar (0,43 %)[2][3]
Vaqt mintaqasiUTC+6
Telefon kodi+7 71645[4]
Pochta indeks(lar)i021500—021501[5]
Avtomobil kodiC, 03
Stepnogorsk xaritada
Stepnogorsk xaritada

Stepnogorsk — (qoz. Степногорск)Qozogʻiston RespublikasiOqmoʻla viloyatidagi shahar (1964). Viloyat markazi –Koʻkshetov shahrining janubi-sharqiy tomonida 220 km masofada, Sariarqaning shimoliy qismida, Oqsuv daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharga1959-yil asos solingan. Shahar aholisi 59,455 kishi (2012). Stepnogorskning shimoli-gʻarbidanYereymentau – Zaozerniy temir yoʻli va Yereymentau –Makinsk avtomabil yoʻllari oʻtadi.[6]

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shahar aholisi1999-yil 47,372 kishini tashkil qildi.2012-yilgi statistika boʻyicha 46,401 kishini, atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda 59,455 kishini tashkil qildi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oqsuv, Bestoʻbe, Zavodskoy, Shantoʻbe,Qorabuloq

Sanoati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Stepnogorskda kimyo, mashina ishlab chiqarish, mikrobiologiya, oziq-ovqat, qurulish materiallari korxonalari, energetika sohasi yaxshi rivojlangan. Asosiy korxonalari: kimyo kombinati, taʼmirlash-mexanika zavodi, “Progress” AJ, “Stepnogorsk podshipnik zavodi” AJ, uy-joy qurulish kombinati, temir-beton zavodi, sut-konserva, oziq-ovqat kombinatlari, “Biomedpreparat” ilmiy-sanoat kombinati va boshqalar.

Ijtimoiy soha

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharda 9 ta aloqa boʻlimi, telefon stansiyasi, 7 ta kasalxona, 9 ta shifoxona, 7 dorixona, zamonaviy uslubdagi 1000 kishiga moʻljallangan kasalxona aholiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha boʻlgan 38 ta bolalar mahkamasi, umumiy bilim beruvchi 13 maktab, kasb-hunar gimnaziya, 2 kasbi-texnik maktab, hududiy kollej, madaniyat uyi, 9 klub, 12 kutubxona, 2 kinoteatr, 2 sport kompleksi, stadion, 4 changʻi bazasi va boshqalar bor.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. [1]
  2. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
  3. Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
  4. Oqmoʻla viloyatining telefon kodlari
  5. Почтовые индексы Казахстана
  6. Qozoq ensiklopediyasi

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Markazi:Koʻkchatov
Tumanlar
Viloyat ahamiyatiga ega shaharlar
Flag of Kazakhstan Qozogʻiston shaharlari
Poytaxt:Ostona
Respublika ahamiyatiga ega shaharlar
Viloyat markazlari
Viloyat ahamiyatiga ega shaharlar
Orol  •Balxash  •Ekibastuz  •Janaoʻzen  •Kentov  •Ridder  •Rudniy  •Satbayev  •Semey  •Stepnogorsk  •Temirtau  •Shaxtinsk
Kichik shaharlar
Abay  •Oqkoʻl  •Oqsoy  •Oqsuv  •Olgʻa  •Orqaliq  •Oris  •Otbosar  •Ayagoʻz  •Bulayev  •Derjavinsk  •Emba  •Yereymentau  •Yesik  •Yesil  •Janatas  •Jarkent  •Jem  •Jitiqara  •Jetisay  •Zaysan  •Ziryanovsk  •Kurchatov  •Qazali  •Qandiagʻash  •Qapchagʻay  •Qorajol  •Qoratau  •Qarqarali  •Qaskelen  •Qulsari  •Lenger  •Lisakovsk  •Makinsk  •Mamlyutka  •Priozersk  •Saran  •Sarqand  •Sariagʻash  •Sergeyevka  •Serebryansk  •Stepnyak  •Tayinsha  •Talgʻar  •Tekeli  •Temir  •Usharal  •Uchtepa  •Fort-Shevchenko  •Xromtau  •Chordara  •Chu  •Shalqar  •Shar  •Shemonaixa  •Shuchinsk
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Stepnogorsk&oldid=4680284" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp