Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Spice Girls

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Spice Girls

Spice Girls guruhi Ontarioda joylashganTorontodagi konserti davomida (2008-yil fevral oyi). (Chapdan oʻngga) Melanie C., Victoria Beckham, Geri Halliwell, Melanie B. va Emma Bunton
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishiLondon, Angliya
MamlakatAngliya bayrogʻiAngliya
Faoliyat yillari1994–2001
2007–2008
2012
2016
2018–hozirgacha
Janr
LeyblVirgin
Tarkib
Sobiq aʼzolar
Vebsaytthespicegirls.com

Spice Girls 1994-yilda tashkil topgan qizlardan iborat inglizpop guruhidir. Guruh aʼzolari quyidagilardir: Mel B („Scary Spice“) taxallusi bilan tanilganMelanie Brown, Mel C („Sporty Spice“) taxallusi bilan tanilganMelanie Chisholm,Emma Bunton („Baby Spice“),Geri Halliwell („Ginger Spice“) vaVictoria Beckham („Posh Spice“; qizlik familiyasi Adams). 1996-yiliTop of the Pops jurnali guruhning har bir aʼzosiga guruh va ommaviy axborot vositalari tomonidan qabul qilingan taxalluslarni berdi. „Qizlar qudrati“ shiori bilan Spice Girls, 1990-yillarda pop-madaniyat ikonasi boʻlgan.[1][2]Time jurnali ularni 1990-yillarning oʻrtalarida Birlashgan QirollikdagiCool Britannianing „ehtimol eng taniqli yuzi“ deb eʼtirof etdi.[3] Bu guruh Birlashgan Qirollikning AQShga qilgan ikkinchi bosqini qismi sifatida tilga olinadi.[4]

Spice GirlsVirgin Records bilan shartnoma imzolab, 1996-yilda„Wannabe“ debyut singlini chiqardi; bu singl 37 ta mamlakatda birinchi raqamli hit ashula boʻldi[5][6], guruh shu vaqtdan oʻzlarining global miqyosdagi muvaffaqiyatlarini boshladi. GuruhningSpice (1996) nomli ilk albomi jahon boʻylab 23 milliondan oshiq nusxada sotildi va bu tarixdagi eng koʻp sotilgan qizlar guruhi albomi boʻldi.[7] Guruhning navbatdagiSpiceworld (1997) albomi ham tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va umumjahon boʻylab 13 milliondan oshiq nusxada sotildi.[8] 2000-yil noyabr oyida guruh,Forever albomini chiqardi, bu albom guruh aʼzosi sanalmish Halliwell qatnashmagan yagona albomdir. 2001-yil yanvar oyida esa guruh norasmiy ravishda oʻzlarining nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishlarini va yaqin kelajakda karyeralarini yakkaxon tarzda davom ettirishga eʼtibor berishlarini eʼlon qilishdi, shunday boʻlsa ham ular guruh ajralmasligini taʼkidladilar.

Diskografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Spice Girls diskografiyasi

Konsertlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Aʼzolari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Geri Halliwell — vokal(1994-1998, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)
  • Melanie Chisholm — vokal(1994-2001, 2007-2008, 2012, 2018-hozirgacha)
  • Victoria Beckham — vokal(1994-2001, 2007-2008, 2012)
  • Melanie Brown — vokal(1994-2001, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)
  • Emma Bunton — vokal(1994-2001, 2007-2008, 2012, 2016, 2018-hozirgacha)

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Inness, Sherrie A.. Millennium Girls: Today's Girls Around the World. Rowman & Littlefield, 1998 — 115-bet.ISBN 978-0847691371. 
  2. „Spice Girls Biography“. AllMusic. Qaraldi: 8-avgust 2016.
  3. Waxman, Olivia B.. „An Important Lesson in British History From the Spice Girls“.TIME (8-iyul 2016). 2021-yil 9-fevralda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
  4. Wong, Sterling „Are Adele, Mumford And Sons Sign of a New British Invasion? – Music, Celebrity, Artist News“. MTV News (13-aprel 2011-yil). 2021-yil 17-fevralda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2011-yil.
  5. „Simon Fuller: Guiding pop culture“.BBC News (18-iyun 2003-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  6. Jeffrey, Don (8-fevral 1997-yil). "Girl Power! Spice Girls". Billboard 109 (6): 5. ISSN 0006-2510. https://books.google.com/books?id=wA4EAAAAMBAJ&q=spice+girls+platinum&pg=PA7-IA4. 
  7. Caulfield, Keith „Rewinding the Charts: In 1997, Spice Girls Powered to No. 1“. Billboard (24-may 2017-yil). Qaraldi: 24-may 2017-yil.
  8. „The Spice Girls Re-Release 'The Greatest Hits' And 'Spiceworld' On Vinyl“. Yahoo Sports. 16-iyun 2020-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.(Wayback Machine saytida 2020-06-16 sanasidaarxivlangan)

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiombordaSpice Girls
haqida turkum mavjud
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Spice_Girls&oldid=5702288" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp