Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Spermatozoid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos,ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarnimunozara sahifasida muhokama qiling.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(2024-10)
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.(2024-10)
Spermatozoid vaTuxumhujayra
Spermatozoid sxemasi

Spermatozoid (sperma va yun. zoon — tirik organizm va eidos — koʻrinish) — odam, hayvon va koʻpchilik oʻsimliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi.Odam vahayvonlarda urugʻdonda pushthujayrasi (spermatogoniylar)dan hosil boʻladi. Spermatozoidning boshchasi, boʻyni, tanasi va dumi boʻladi. Odam va koʻpgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si xivchinli yoki dumli boʻlib, ular yordamida harakat qiladi. Baʼzi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va kanalar Si dumsiz va turli shaklda, amyobasimon harakatlanadi. S. uzunligi bir necha oʻn mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistokimyoviy usullar yordamvda S. tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borligi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Muhit temperaturasi, osmotik bosimi, kislotaliligining oʻzgarib turishi S. funksiyasining buzilishi va tezda gʻalok boʻlishiga olib keladi. S. miqdorining kamayishi (oligozoospermiya) koʻpincha bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.

Oʻsimliklarda harakatchan S. (anterozoid)lar anteridiylarda hosil boʻladi. Koʻpchilik urugʻli oʻsimliklar Sixivchinsiz, faol harakatlanmaydi; ular spermiylar deb ataladi.Yashil vaqoʻngʻir suvoʻtlar, ayrim tuban zamburugʻlar, yoʻsinlar, qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, sagovniklar va ginkgo Spermatozoidining 2 va undan koʻproq xivchini boʻladi. Spermatozoidlar sellyuloza qobigʻining boʻlmasligi, koʻpincha mayda (ayrim sagovniklarda yirik) boʻlishi bilan oʻsimliklarning boshqa hujayralaridan farq qiladi.

Yana q.

[tahrir |manbasini tahrirlash]




Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Spermatozoid&oldid=5393450" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp