Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Spektakl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spektakl (lotincha:spectaculum — tomosha) —teatr sanʼati asari. Postanovkachirej. boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar, rassom,kompozitor, baletmeyster va hokazo) tomonidan yaratiladi. Spektakl asosida pyesa (opera va balet kompozitor partiturasi,libretto, ssenariy) mazmuni bilan belgilanuvchi gʻoyaviy niyat yotadi. Tanlangan pyesaning talqin rejalari, dekoratsiya va liboslarning eskizlari, rollar taqsimoti teatr badiiy kengashida muhokama qilinadi. Rej. pyesa va obrazlarning talqin vositalarini muayyan gʻoya va badiiy shaklga boʻysundiradi, Spektaklning koʻrinishlari, yechimi va ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyorlar bilan ishlash, mizansahnalarni belgilash, sahnaviy obrazlar va ular oʻrtasidagi munosabatlarni shakllantirish Spektakl yaratish jarayonining hal qiluvchi shartlaridan biridir. Spektakl sintetik asar boʻlgani uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari, chiroklar va turli effektlar uni yanada boyitadi. Yana q. Teatr, Rejissyorlik sanʼati, Aktyorlik sanʼati.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Spektakl&oldid=4936994" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp