Soib Tabriziy
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Soib Tabreziy | |
---|---|
Asl ismi | صائب تبریزی |
Tavalludi | 1601-yil |
Vafoti | 1677-yil |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili[1] va Fors tili[1] |
Fuqaroligi | Safaviylar davlati[1] |
Janr | gʻazal |
Soib Tabriziy (taxallusi; aslism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601 —Eron,Isfahon —1677) — ozarbayjonshoiri. Asosan,fors tilidaijod qilgan. Koʻp sayohatlarda boʻlgan, 8 yilHindistonda yashagan. Eronga qaytgach, "malik ush-shuaro"unvoniga sazovor boʻlgan. Shoh Abbos II (1642—66)saroyida yashagan. Harbiy yurishlar haqidasheʼrlar —jangnomalar,didaktikasarlar — pandnomalar,falsafiymazmundagigʻazallar yaratgan.Qandahor yaqinidagijanglarga bagʻishlangan "Qandahornoma"dostoni mashhur.Ozarbayjon tilidagi sheʼrlaridaFuzuliyanʼanalarinirivojlantirgan. Soib shoir sifatida Sharqxalqlariadabiyotlarida koʻplab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 mingbaytga yaqin)sheʼriymerosi nisbatan kam oʻrganilgan.
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |