SoFaygo | |
---|---|
Tavalludi | Andre Dontrel Burt Jr 2001-yil 3-oktyabr Michigan shtati, Qo'shma Shtatlar |
Janrlar | Hip Hop |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2015–hozirgacha |
Leybllar | Cactus Jack |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | imsofaygo.com |
Andre Dontrel Burt Jr. (2001-yil 3-oktabrda tugʻilgan), professional ravishdaSoFaygo nomi bilan tanilgan (ilgari$oFaygo nomi bilan ijod qilgan) — amerikalik reper. 2020-yilda Burt doʻsti reperLil Tecca bilan birgalikda Angelic 7 miksteypini chiqardi. Bu miksteypda uning 2019-yildagi „Knock Knock“ singli bor edi.[1][2] Bu qoʻshiq 2020-yil oxiridaTikTokda mashhurlikka erishdi. Oʻshandan beri qoʻshiqSpotifyda 100 milliondan ortiq eshitilgan.[3][4]
Burt oʻzining birinchi qoʻshigʻini toʻqqiz yoshida doʻstini uyining podvalida yozgan. U oʻrta maktabda (Jorjiya shtatida) oʻqiyotganda oʻsmirlik yillarida musiqa bilan shugʻullana boshladi.
Burt 2019-yilda oʻzining debyut miksteypini chiqardi. Koʻp oʻtmay, u muxlislar toʻplay boshladi. Bu mashhurlik uniInternet Money Records leybli asoschisiTaz Teylor u leybl bilan shartnoma imzolashni taklif qildi. Keyinchalik Burt bu taklifni koʻrib chiqish uchun Los-Anjelesga bordi, lekin oxir-oqibat rad etdi. Bu vaqtda Bert reper Lil Tecca bilan doʻstlashdi va ikkalasi hamkorlik qilishni boshladilar. Bu hamkorlik uning 2019-yildagi “Knock Knock” singli chiqarilishiga olib keldi. Loyiha chiqqandan soʻng uning onlayn muxlislari soni yanada ortdi va qoʻshiq keyinchalik TikTok ilovasida virusga aylandi.
Koʻp oʻtmay, u „After Me“ uchinchi miksteypini chiqardi, undan oldin „Off the Map“ va „Everyday“ singllari bor edi. 2021-yil fevral oyida BertTravis ScottningCactus Jack Records leybli bilan shartnoma imzoladi, leyblga Sheck Wes vaDon Toliver kabi boshqa mashhur reperlar aʼzo. 2021-yil iyun oyida BurtGeniusda oʻzining „Knock Knock“ singlini ijro etdi.
2021-yil 28-iyulda SoFaygo oʻziningInstagram vaTwitter akkauntlarida oʻzining Pink Heartz debyut albomi deyarli yakunlanganini eʼlon qildi.
2021-yil 20-avgustda SoFaygoTrippie Reddning Trip at Knight albomida „MP5“ qoʻshigʻini birgalikda kuyladi. Qoʻshiq uning Billboard Hot 100 roʻyxatidagi birinchi qoʻshigʻi boʻlib, 86-oʻrinda debyut qildi. 2021-yil 1-sentabrda u Pink Heartz uchun asosiy singl boʻlgan „Letʼs Lose Our Minds“ qoʻshigʻini chiqardi va uning imzolanganidan keyin Cactus Jack leyblidagi birinchi singli boʻldi. 8-oktyabr kuni SoFaygo reper Don Toliverning Life of a Don albomidagi „Smoke“ trekida qoʻshiq kuyladi.
Studia albomi
Miksteyplar
EP
Qoʻshiqlar