Slau (/slaʊ/) (inglizcha:Slough)— Angliyaning Berkshir shahridagi xuddi shu nomdagi unitar hokimiyatdagi yirik shahar va Salt Xilldan (Bukingemshir tarixiy okrugining[1] ichida,London shahrining markazidan 20 milya (32 km) uzoqlikda) gʻarbda joylashgan. U Temza vodiysida va London hududida M4, M40 va M25 avtomobil yoʻllari kesishmasida joylashgan. 2020-yilda shahar aholisi 164,793 kishidan iborat edi[2]. 2011-yilda tumanda 140 713 nafar aholi istiqomat qilgan[3].
A4 va Buyuk Gʻarbiy magistrallari shahar orqali oʻtadi. Krossreyl yoʻli orqali London markaziga borish mumkin.
Slau aholisi Birlashgan Qirollikdagi etnik jihatdan eng xilma-xil aholiga ega boʻlib[4][5], 1920-yillardan buyon butun mamlakat va hatto butun dunyodan odamlarni mehnatga jalb qiladigan shahar hisoblanadi, bu esa uni yirik savdo markaziga aylantirishga yordam berdi. 2017-yilda ishsizlik darajasi 1,4 % ni tashkil etgan[6], bu Buyuk Britaniyadagi oʻrtacha ishsizlik darajasining 4,5 % ning uchdan bir qismi deganidir[7].
Slau Buyuk Britaniyadagi global kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan shaharlar ichida Londondan keyingi oʻrinda turuvchi eng yuqori konsentratsiyaga ega boʻlgan shahar hisoblanadi. „Slough Trading Estate“ Yevropadagi eng yirik sanoat mulki boʻlib, 400 ta korxonada 17 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratilgan[8]. ShahardaBlackberry,McAfee,Burger King,DHL,Telefonica vaLego kompaniyalarining bosh ofislari mavjud[9].

Sobiq
GWR6664 lokomotivi Slau dagi dvigatel ombori yonida suratga olingan, 1955-yil oktyabr
1975-yilda
[10] ochilgan Brunel avtovokzali va avtoturargohi hozirda „Hart of Slough“ loyihasi ustida ish boshlangan;igi sababli buzib tashlangan
[11].

Slough High Street, 1978-yil
Bu nom birinchi marta 1195-yildaSlo sifatida qayd etilgan. Bu birinchi navbatda sharqdagi Upton va gʻarbdagi Chalvey oʻrtasida, taxminan „Crown Crossroads“ atrofidagi qishloq nomidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, u yerdagi Windsor (hozirgi A332) yoʻli Buyuk Gʻarbiy yoʻl bilan tutashgan[12]. 13-asrda qirol Genrix III Cippenham saroyida yashagandi. Slouughtdagi Upton sudining bir qismi 1325-yilda qurilgan, Langleydagi Avliyo Maryam cherkovi[13] 11-asr oxiri yoki 12-asr boshlarida qurilgan boʻlsa-da, u bir necha bor qayta tiklangan va kengaytirilgan.
Slau Charing Krossdan 20 milya (32 km) gʻarbda,London markazidagi Windzordan 2 milya (3 km) shimolda, Maidenheaddan 5 milya (8 km) sharqda, High Wycombedan 11 milya (18 km) janubi-sharqda va Reading okrugi shaharchasidan 19 milya (31 km) shimoli-sharqda joylashgan. Slau Buyuk London shahar hududida va Londonning Hillingdon va Hounslou bilan chegarasida, Hitrou aeroportidan 5 mil uzoqlikda oʻrnashgan. Yaqin atrofda yaʼni shimoli-sharqda Uhbridge va shimolda Beakonsfield shaharlari bor.
Hozir Slauni tashkil etuvchi hududning aksariyati qadimda Bukingemshirning bir qismi boʻlgan, ammo Poyl hududi tarixan Midlseksda boʻlgan. Shahar Buyuk Gʻarbiy yoʻl boʻylab qishloqlarning kengayishi va birlashishi natijasida rivojlangan. Yillar davomida Slau juda kengayib, bir qator qishloqlarni qamrab ola boshlagan. Hozirda Slau shahar atrofida boʻlgan qishloqlar orasida Chalvey, Cippenham, Colnbrook, Langley, Poyle, Upton va Wexham mavjud.
Slauda koʻplab boshlangʻich va oʻrta taʼlim maktablari mavjud. Bundan tashqari, Sharqiy Berkshire kolleji hududda oʻz kampusiga ega. Slau maktablari GCSE darajasida mamlakatdagi eng yaxshi taʼlim muassasalari ichida kuchli 10 talikka kiradi. 2011-yilda oʻquvchilarning 68,1 %i kamida 5 A*-C darajasi (ingliz tili va matematika bilan) bilan maktabni tugatgan. Respublikada oʻrtacha koʻrsatkich 58,9 % ni tashkil qiladi[14].
„Thames Valley University“(Temza vodiy universiteti) Slau kampusi hozirda Heart of Slough loyihasi tufayli yopilgan. Yangi kampus 2013-yilda Gʻarbiy London universiteti tarkibida ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, 2022-yil mart oyi holatiga koʻra hech qanday oʻzgarishlar kuzatilmagan. Aslida universitetning avvalgi binosi sotib yuborilgan.