Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Skripka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Skripka

Zamonaviy standard skripkaning oldi va yonidan koʻrinishi
Torli asbob
Turi

Torli asbob
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi321.322-71
(Kompozitxordofon)
Registri

(standart sozlangan skripka)

Skripka (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt,violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi.Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-asrlarda ShimoliyItaliya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— 18-asrlardan skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlarN. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. 20-asr skripkachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va boshqalar mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va boshqa skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va boshqalar xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan.Oʻzbekiston kompozitorlari skripka uchunkonsertlar (Ik. Akbarov, S.Jalil va boshqalar),sonatalar (G. Mushel, N.Zokirov va boshqalar) kabi asarlar yaratishgan. 20-asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va boshqalar) sozandalari baʼzida skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.

Shtrixlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang:Media.

Asosiy uslublar:

  • Detaché — har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan olinadi;
  • Martelé — kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
  • Staccato — kamoncha bilan pastga va tepaga toʻxtab-toʻxtab yurgazish;
  • Staccato volant — Stakkatoning yana bir koʻrinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
  • Spiccato — sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
  • Tremolo — bir tovushning koʻp marotaba tez-tez takrorlanishi;
  • Legato — tovushlarning bir maromda, toʻxtashlarsiz ijro etilishi;
  • Col legno — kamonchaning yogʻochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.
Wikimedia CommonsdaViolin mavzusiga oid fayllar bor.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



ValtornaMusiqa haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Skripka&oldid=5374266" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp