Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sinead Kerr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sinead Kerr
Shaxsiy maʼlumotlari
DavlatBuyuk Britaniya
Tavalludi30-avgust1978-yil (1978-08-30) (46 yosh)
Dundee, Shotlandiya
Boʻyi1.68 m (5 ft 6 in)
SherigiJohn Ker
Oldingi sheriklariJamie Ferguson
Uchishni boshlagan1986
Yakunlagan2011
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija)186.94
Standart raqs37.02
Original raqs60.13
Qisqa raqs62.96
Erkin raqs93.60

Sinead Houston Kerr (talaffuzi:Sined Hyuston Ker; 1978-yil 30-avgustda tugʻilgan) –Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiqingliz muz raqqosasi. 2000-yilda ukasiJohn Kerr bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik ikki karra (2009, 2011) Yevropa chempionatining bronza medali sohibi va 2004 – 2010-yillarda Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan. 2010-yillardaBritaniyaning milliy chempioni boʻlgan. Juftlik 2006-yildaItaliyaning Turin shahrida boʻlib oʻtganqishki Olimpiya oʻyinlarida 10-oʻrinni, 2010-yilda KanadaningVankuver shahrida boʻlib oʻtganqishki Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrindan joy olgan.

Kerrlar juftligi 2011-yil aprel oyida konkida uchishdan isteʼfoga chiqqan.

Faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sinead Kerr 8 yoshidan konkida uchishni boshlagan va taxminan bir yildan keyin figurali uchishga qiziqib qolgan[1]. U 15 yoshida muz ustida raqs sport turi bilan shugʻullanishdan oldin yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan.

John Kerr bilan

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sinead Kerr 2000-yilda ukasi John bilan juftlik hosil qilgan[2]. Kerrlar 2000-yilda oʻzlarining birinchi British Nationals musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va oʻzlarining xalqaro debyutida – Ondrej Nepala xotirasiga bagʻishlangan 2000 Ondrej Nepela Memorial turnirida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[3].

Juftlik 2001-yilda oʻzlarining ilk Britaniya chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻzlarining birinchi Yevropa chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan hamda 2004-yilgi Jahon chempionatida oʻn toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2005-yilgi Jahon chempionatida bellashib,12-oʻringa koʻtarilgan. UlarJayne Torvill vaChristopher Dean juftligidan keyin Yevropa chempionatida kuchli oʻnlikka kirgan birinchi britaniyalik muz raqqoslari boʻlgan[4].

Kerrlar 2009 – 2010-yillarda oʻzlarining ilk Gran-pri finaliga yoʻllanma oldilar va u yerda 4-oʻrindan joy oldilar. JuftlikYevropa chempionatida 5-oʻrin, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 8-oʻrin va Jahon chempionatida ham 5-oʻrinni egallagan.

Dasturlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
MavsumQisqa dasturErkin dastur
2010 – 11

  • Exogenesis: Symphony Part 3

    Muse
Original raqs
2009 – 10

2007 – 08

    • Erin Shore
    • Auld Lang Syne

      Robbie Burns
  • Enigma
    • The Landing
    • Turn Around
    • Gravity of Love

Natijalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri

Kerr bilan

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Musobaqa00 – 0101 – 0202 – 0303 – 0404 – 0505 – 0606 – 0707 – 0808 – 0909 – 1010 – 11
Olimpiada108
Jahon chempionati14121111875
Yevropa chempionati108856353
GP Finali4
GP Bompard33
GP Cup of China5
GP Rostelecom954WD
GP Skate America553
GP Skate Canada72
Finlandia Trophy11
Nebelhorn Trophy741
Golden Spin6
Schäfer Memorial2
Milliy
Britaniya chempionati2321111111
Shotlandiya chempionari11
WD: musobaqani tark etgan

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Mittan, Barry. „Kerrs Continue to Push Dance Boundaries“.GoldenSkate.com (2008-yil 3-avgust). 2009-yil 25-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-dekabr.
  2. Kempf, Susanne. „Always sticking to their guns, Part I“.AbsoluteSkating.com. Qaraldi: 2011-yil 7-fevral.
  3. „Ice dancing siblings forced to hang up their skates“.STV (2011-yil 30-mart). 2011-yil 1-aprelda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-aprel.
  4. Flade, Tatiana. „Pechalat and Bourzat grab lead in the Short Dance“.GoldenSkate.com (2011-yil 26-yanvar). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadanarxivlangan.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sinead_Kerr&oldid=5129245" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp