Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sidney

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sydney
Joylashishi
Tashkil qilinishi1788
ShtatYangi Janubiy Uels
Maydon12144.6 km²
Aholi
Zichlik
4,119,190 (2006)
345.7 kishi/km²
Ona tillariInglizcha
Shahar hokimiClover Moore
Web saytiwww.cityofsydney.nsw.gov.au

Sidney, Sidni –Avstraliyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar,PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida. Mamlakatning savdomoliya markazi.Yangi Janubiy Uels shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi - 4,04 mln. kishi (1999), aholi soni boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi, bosh porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalari, asosan, qoʻltiqdan shimolida va shahar atroflarida, moliyaviy muassasalar esa janubida joylashgan. Qoʻltiqning har ikki sohili ravoqli koʻprik (uzunligi 2 km) orqali bogʻlangan. Metropoliten qurilgan. Universitet (1850), konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar, Avstraliya, geologiya, amaliy sanʼat muzeylari, badiiy galereya, opera va boshqa teatrlar, hayvonot bogʻi bor. Shaharga 1788-yilda inglizlar tomonidan asos solingan va Angliya ichki ishlar vaziri nomi bilan Sidni deb atalgan.[1]Sidney (IPA: [ˈsɪdniː])Avstraliyaning eng katta shahridir (aholisi taxminan 4.12 million[2]). SidneyYangi Janubiy Uels shtatining poytaxtidir.

Sidney opera teatri

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „2006 Census QuickStats : Sydney (Statistical Division)“. 2012-yil 25-martda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-dekabr.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sidney&oldid=5428929" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp