Siclotincha soʻz boʻlib, „bunday“ yoki „bu shaklda“ degan maʼnoni anglatadi, toʻliq shakli —sic erat scriptum — esa „shunday yozilgan“ degan maʼnoni bildiradi. Odatda kvadrat qavs ichida kursivda [sic] shaklida koʻrsatiladi va undan oldingisoʻz,ibora yokiimlo belgisi matnda notoʻgʻri yozilmagani, asl matnga muvofiqligini bildiradi.[1]
Bu lotincha soʻzi dastlabsīc sifatida uzun i harfi bilan yozilgan vainglizcha „seek“ (IPA /'sik/) soʻzi kabi talaffuz qilingan. Biroq vaqt oʻtishi bilan inglizchalashib, „sick“ (/'sɪk/) deb oʻqila boshladi. Baʼzan Gʻarb tillaridasic soʻziqisqartma sifatida yanglish qabul qilinadi. Bu iboralarga misol qilibingliz tilidagi „spelling is correct“ (imlo toʻgʻri), „spelled incorrectly“ (imlo xatosi), „same in copy“ (nusxada ham shunday), „spelling intentionally conserved“ (imlo atayin saqlanib qolingan), „spelling included“ (imloni oʻz ichiga oladi), „said in context“ (matnda shunday yozilgan) vafransuzcha „sans intention comique“ (hazil maqsadida emas) keltirilishi mumkin.
Sic soʻzi koʻpincha tarixiy matnlardan iqtibos keltirganda yoki soʻzning kamdan-kam ishlatilishiga duch kelganda ishlatiladi. Baʼzan matndagi xatoni istehzoga olish uchun ham qoʻllanadi.
- „The House of Representatives shall chuse [sic] their Speaker... (Vakillar palatasi oʻz Spikerini saylashi kerak...)“AQSh Konstitutsiyasidan olingan bu parchada „choose“ (tanlash) feʼlining eski qoʻllanishi boʻlgan „chuse“ dan foydalanilganligi sababli, iqtibos keltirgan shaxssic iborasini qoʻshib, u matn terish xatosi qilmaganini va bu asl matndagi shunday ifoda ekanligini taʼkidlagan.
Agar iqtibos qayta keltirilsa,sic iborasini kim qoʻygani aniq boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda iqtibos oxirida „(qavs iborasi asl matnda mavjud)“ kabi ogohlantirish qoʻyilishi mumkin.