Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Shanlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shan ayoli, Inle koʻli hududi

Shanlar (Shan tilida: တႆး, [tɑ́ɪ]; birma tilida: ရှမ်းလူမျိုး, [ʃánlùmjóʊ]; tay tilida: ไทใหญn, tay tilida: ฉาน; anʼanaviy xitoy yozuvida: 傣族; osonlashtirilgan ieroglifda: 掸族; pinin:dǎizú) —Janubi-sharqiy Osiyodagilaoslar vataylar bilan qardosh boʻlgan xalq. UMyanmaning Shan milliy okrugi (sobiq federal davlat) hududida, shuningdek,Xitoy,Tailand vaLaosning qoʻshni hududlarida yashaydi.Shan tili tay-kaday tillariga mansub[1].

Madaniyat

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shanlarning etnik jamoasi 7 qabiladan iborat boʻlib, umumiy soni 3 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi. Shanlarning aksariyatibuddizmga e’tiqod qiladi. Xoʻjalikda dehqonlar sholi va tropik mevalar yetishtiradi, tovuq va choʻchqa boqadi. Shan jang san’atlari mashhur:shang-chi va mahalliyboks,bando turlari.

Birmaning birinchi prezidenti Sao Shwe Thaik millati shan edi.

Tarix

[tahrir |manbasini tahrirlash]

XIII-XVI asrlarda shanliklar bir-biri bilan doʻstona munosabatda boʻlgan birqancha knyazliklarda yashagan.

Shan shtati aholisi uzoq yillardan beri Myanma hukumati bilanoʻz davlatini yaratish uchun kurashib keladi. Qurolli kurash mahalliy qishloq xoʻjaligining asosini tashkil etuvchikoʻknoridan ishlab chiqarilgan yuqori sifatliopiyning ulgurji savdosidan olingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Shanliklaropiyni "qora dori" deb atashadi va undan oʻz-oʻzini davolash uchun keng qoʻllanadi.

1994 va 2005-yillarda Shan valiahd shahzodasiNiyang-She (Yaunghe) surgundagiSo Xan Pa (Surxanpa) bilan kelishilgan holda, Shan oqsoqollariShan Davlatlari Federatsiyasining mustaqilligini e’lon qilishdi.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „The World Factbook — Central Intelligence Agency“. cia.gov. 17-yanvar 2018-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2018-yil. (WebCite saytida 2010-11-04 sanasidaarxivlangan)

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Шан, народ // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shanlar&oldid=5348101" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp