Shakira Isabel Mebarak Ripoll (talaffuziShakira Izabel Mebarak Ripol;1977-yil2-fevralda tugʻilgan)[3]kolumbiyalikqoʻshiqchidir.[4] UBarrankilya shahrida tugʻilib oʻsgan. 13 yoshida Sony Music Colombia studiyasi bilan shartnoma imzolagan.Magia (1991) vaPeligro (1993) nomli ikki albomi muvaffaqiyatsizligidan soʻng, ShakiraPies Descalzos (1995) vaDónde Están los Ladrones? (1998) albomlari bilanLotin Amerikasi mamlakatlarida mashhurlikka erishdi. 2001-yildaLaundry Service (2001) nomliingliz tilidagi albomini ommaga havola etdi. Albom uning beshinchi studiyaviy albomi boʻlib, umumjahon boʻylab 10 milliondan ortiq nusxada sotildi.
Shakiraning muvaffaqiyatiFijación Oral, Vol. 1 (2005),Sale el Sol (2010) vaEl Dorado (2017) nomli ispan tilidagi albomlari bilan yanada mustahkamlandi, albomlarning barchasiBillboard Top Latin Albums hit-paradida choʻqqiga erishdi, hatto olmos sertifikatini qoʻlga kiritdi. Uning ingliz tilidagiOral Fixation, Vol. 2 (2005),She Wolf (2009) vaShakira (2014) albomlari ham koʻplab mamlakatlarda oltin, platina va multi-platina sertifikatiga loyiq koʻrildi. Shakira ijrosidagi „La Tortura“, „Hips Donʼt Lie“, „Beautiful Liar“, „Waka Waka (This Time for Africa)“, „Loca“ va „Chantaje“ kabi ashulalar koʻplab mamlakatlar hit-paraddlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi. Bundan tashqari, uThe Voice (2013-2014) nomli teleshouning ikki mavsumida murabbiy oʻlaroq ishtirok etdi.
Shakira Isabel Mebarak Ripoll 1977-yil 2-fevral KolumbiyaningBarrankilya shahrida William Mebarak Chadid va Nidia Ripoll Torradoning oilasida dunyoga kelgan. Shakira kelib chiqishiga koʻra, kolumbiyalik va livanlik ajdodlarga mansubdir.[7][8] Otasining kelib chiqishiLivandanNew Yorkka koʻchib kelgan migrantlardan hisoblanadi. Onasi — kolumbiyalik.Shakira (arabcha: شاكرة) ismi arab tilidan tarjima qilinganda „yaxshilik va chiroyga toʻla ayol“, hindida esa — „yorugʻlik maʼbudasi“ degan maʼnoni anglatadi. Shakira oilada oxirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Barrankilyada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi — San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Shakira musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Shakira oʻqishni va yozishni bilar, 4 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy taʼlim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shakira sheʼrlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʼdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Shakiraning bolaligidan eng sevimli raqsi bu — qorin raqsidir. Faqat 8 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi taʼsiri ostida „Sening qora koʻzoynaklaring“ (Tus gafas oscuras) qoʻshigʻini yozadi.
Oʻzining birinchi albomi — „Magia“ni Shakira 13 yoshida,Sony Discos bilan shartnoma imzolab yozadi. Shakirani har doimrokka tortar edi, ammo Sonyning produserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladi deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi — „Peligro“ (Havf) ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolaganSony Discos ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Shakira esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi.1995-yili prodyuser Luis Fernando Ochoa qoʻli ostida chiqarilgan „Pies descalzos, suenos blancos“ (Yalang oyoqlar, yuksak orzular) albomi Shakiraga ona yurtida hamda ikkala Amerika qitʼasida shuhrat olib keladi. Albom pop-rok va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 4 million nusxa bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski „Dónde Están Los Ladrones?“ (Oʻgʻrilar qayda?) ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Shakira2001-yiliWhenever, Wherever tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u Wycleaf Jean bilan birgalikda yozilganHips Donʼt Lie singli bilan birinchi marotabaBillboard Hot 100ning choʻqqisiga chiqadi.
2000-yili Shakira oʻsha paytdaArgentina prezidentining oʻgʻli Antonio de la Rúa bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan. Shakira futbolchiGerard Piquéga turmushga chiqdi. 2013-yilda Milan ismli oʻgʻli dunyoga keldi. 2015-yilda Sasha ismli oʻgʻli dunyoga keldi.
1997-yili Shakira „Fundación Pies Descalzos“ (Yalang oyoqlar fondi) xayriya tashkilotiga asos soladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishi Kolumbiya va Lotin Amerikasining boshqa davlatlarining kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun maktablarni sponsorlash. Yana Shakira ALAS (Artistas Latinos En Acción Solidaria) fondining ilhomlantiruvchisi boʻldi. Bu fondga 2006-yili asos solingan boʻlib, unga Alejandro Sans, Juanes, Miguel Bose va boshqalar aʼzodirlar. Shakira, shuningdek,UNICEFning eng yosh elchisidir.