Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Shahrisabz

Koordinatalari:39°03′01″N66°50′0″E / 39.05028°N 66.83333°E /39.05028; 66.83333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shahrisabz
shahar
39°03′01″N66°50′0″E / 39.05028°N 66.83333°E /39.05028; 66.83333
MamlakatOʻzbekiston
viloyatQashqadaryo viloyati
tumanShahrisabz tumani
Asos solinganmil.avv VII asr
Avvalgi nomlariKesh
Rasmiy til(lar)io'zbek
Aholisi
101 200
Milliy tarkibo'zbek 100%
Konfessiyaviy tarkibislom
Vaqt mintaqasiUTC+5
Pochta indeks(lar)iAmir Temur ordeni
Avtomobil kodi70
Shahrisabz xaritada
Shahrisabz
Shahrisabz

Shahrisabz — Oʻzbekiston RespublikasiningQashqadaryo viloyatidagishahar.Amir Temur ordeni sohibi[1].Shahrisabz tumanimaʼmuriy markazi (1926-yildan).Kitob—Shahrisabzvohasida.Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabzjan.danTanxozdaryo,shim.danOqsuvdaryosi oqib oʻtadi. Urtachabal. 658 m.Aholisi 174,8 ming kishi (2021https://data.gov.uz/uz/datasets/908?dp-1-sort=G6[sayt ishlamaydi]). ShahrisabzOʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri.Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahargamil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilkoʻrta asrlarda turlinomlar bilan atalgan (qarangKesh).13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.[2]

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ilk eslatilishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avvalgi 8 asrda tashkil etilgan. Shahar qadimgi davrlarda Kesh deb nomlangan.[3]

1351-yilda zarb etilgankumushtangalarda „Shahrisabz“ nomi uchraydi.Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: „Shahrisabz, uniturkiylarKesh deb ataydilar“ deb yozgan.Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilgorqishlogʻi (hozirgiYakkabogʻ tumani hududi)daSohibqironAmir Temur tavallud topgan.Shahrisabz oʻsha davrda „Qubbatul ilm val adab“ nomi bilan yuritilgan.Xusrav Dehlaviy,Bedil,Mirzo Gʻolib kabiallomalarning otabobolari shahridatugʻilgan.[2]

Oʻrta asrlardagi tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Amir Temur davrida

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Amir Temur vaTemuriylar davrida Shahrisabz ulkansaltanatning yirik shahriga,barlosbeklarinint yozgiqarorgohiga aylantirilgan.Oqsaroy vaDorussaodat majmuasiqurilgan. Shahar atrofiqalʼadevori bilanoʻrabolingan.IspaniyaelchisiKlavixo oʻz qundaligida shahrida koʻplab mahobatlibinolar vamasjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplabmeʼmoriyobidalar (Dor uttilovat majmuasi,Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi.Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda Shahrisabz shahrining 4darvozasi:Ark (shim.),Kunchiqar (sharqiy),Kushxona (gʻarbiy),Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan.[2]

Amir Temur davridan soʻng oʻrta asrlardagi tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1556-yilda shahriniAbdullaxon II egallagan. Keyinchalik ShahrisabzBuxoro xonliginingQarshiviloyati tarkibida boʻlib kelgan.16-asr oʻrtalarida ham Shahrisabz mustahkammudofaa devorlari bilan oʻralgan edi.

Mahmud ibn Vali (17-asr) oʻzining „Bahr alasror“ („Sirlardengizi“ — „Geografiya“)asarida shahrini quyidagichataʼriflagan:„KeshMovarounnahr shaharlaridan biri, yamyashilbogʻlari vakoʻzga quvonch baxsh etuvchigulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. Ujahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi;iqlimi juda yaxshi va diltortar...“.

Ashtarxoniylar davrida Shahrisabzsiyosiy mavqeini ancha yoʻqotgyn. shahrida hokimiyat uchun kurashda avvalmangʻitlar, soʻngraqoʻngʻirotlarurugʻi gʻolib chiqib markaziy hokimiyat — Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan.18-asr 1-choragidaDashti QipchoqqozoqlariZarafshon vaQashqadaryovohalarigatalonchilik hujumlari uyushtirganda shahrida bir necha muddat shaharhayoti izdan chiqqan.175052 yillardan ShahrisabzBuxoro amirligi tasarrufiga oʻtdi. 18-asr oʻrtalarida shahar qaytadan qad rostlagan.[2]

Yangi davrdagi tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shahrisabz hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868-yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870-yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Shahrisabz va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Shahrisabz va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahrisabz 1920-yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.

Shahrisabz aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda shahrida 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi.[2]

Eng yangi davrdagi tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

20-asr oʻrtalarida shahrida „Hujum“, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Shahrisabz va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targʻib qilinmagan.[2]

Shahar mustaqillikdan soʻng

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan.

shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „ShahriKesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).

Shahrisabz zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu MuhammadKeshiy (964 yilv.e.), Abu JaʼfarKeshiy (951 yilv. e.), Abul FazoilKeshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar shahrida 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor usSiyodat va Dor utTilovat majmualari, Koʻk Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahrisabz Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.

Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahrisabz „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).[2]

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Shahrisabz — ming yillar merosi, T., 2002; Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan oʻrni, T., 2002; QadimiyKesh— Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998; Yaqubov B., Shahrisabz va Kitob tarixidan, Qarshi, 1996; Nosir Muhammad, Nasaf vaKesh allomalari, T., 2001.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 29-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-avgustdagi "Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni“ (http://press.natlib.uz/).
  2. 2,02,12,22,32,42,52,6Rajabov, Qahramon. „Shahrisabz“OʻzME.Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Kamaliddinov SH. S. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda i Tokharistana po araboyazychnym istochnikam IX-nachala XIII vekov. Glava 1. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda Toshkent, 1996

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Poytaxt
Shaharlar
Markazi:Qarshi
Viloyatga boʻysunuvchi
shaharlari
Tumanlari
Tumanga boʻysunuvchi
shaharlari
Shaharcha va qishloqlari
Jahon
merosi
obʼektlari
Roʻyxatga kiritilgan
Taxminiy roʻyxat
Madaniy
arxeologik
shaharlar
Kalya Minaret, Bukhara
Komplekslar
Qalʼalar
Madrasalar
Maqbaralar
Muzeylar
Ibodat
joylari
Teatrlar
Boshqalar
Tabiiy
Koʻllar
Milliy bogʻlar
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shahrisabz&oldid=5285099" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp