Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Shōva (Gunma)

Koordinatalari:36°38′23.1″N139°3′57.2″E / 36.639750°N 139.065889°E /36.639750; 139.065889
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shōva

昭和村
Qishloq
Skyline of Shōva
Shōva
Bayroq
Shōva
Gerb
36°38′23.1″N139°3′57.2″E / 36.639750°N 139.065889°E /36.639750; 139.065889
MamlakatYaponiya
{{{mintaqa_turi}}}Kanto viloyati
Asos solingan1958-yil 1-noyabr
Maydon6,414 km2 (2,476 kv mi)
Iqlim turinam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)iyapon
Aholisi
 (2020-yil oktyabr)
7 228
Zichligi110 kishi/km2
Vaqt mintaqasiUTC+9:00
Telefon kodi0278-24-5111
Shōva xaritada
Shōva
Shōva
Shovaning Morishita hududi

Shōva (yaponcha:昭和村 Shōva-mura?)YaponiyaningGunma prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 1-oktabr holatiga koʻra, qishloqda 2751 ta xonadonda 7228 nafar aholi istiqomat qilgan[1],aholi zichligi har kvadrat kilometrga 110 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 64,14 kvadrat kilometr (24,76 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Gunma markazida joylashgan shova qishlogʻiAkagi togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlarida oʻrnashgan boʻlib, u shimol, sharq va gʻarbdaNumata shahri bilan va janubdaShibukava shahri bilan chegaradosh. Qishloq hududidan Katashina daryosi vaTone daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Gunma prefekturasi

Iqlimi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shova nam kontinental iqlimga ega (KöppenCfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shovada oʻrtacha yillik harorat 10,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1589 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,0 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,6 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Shova aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196010,266—    
19708,59−16.3%
19808,263−3.8%
19908,198−0.8%
20007,878−3.9%
20107,62−3.3%
20206,953−8.8%

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Hozirgi Shova hududi Edo davridaTokugava syogunati tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqariladiganKozuke provintsiyasidagitenryo xoʻjaliklarining bir qismi boʻlgan. 1889-yil 1-apreldaMeidzi tiklanishidan soʻng zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Gunma, Kitaseta tumanida Kuroho va Itonose qishloqlari tashkil etildi. 1896-yilda Kitaseta tumani va Agatsuma tumanining bir qismi Tone tumaniga koʻchirildi. Ikkita qishloq 1958-yil 1-noyabrda Shovani tashkil qilish uchun birlashtirildi.

Hukumat

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shova toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 12 aʼzodan iborat bir palatali qishloq kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shova, Tone tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Gunma prefekturasi assambleyasiga bir aʼzodan qoʻshish huquqi mavju. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 1-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Anʼanaga koʻra, Shova iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan; ayniqsa bozor bogʻdorchiligi juda mashhur soha hisoblanadi.

Taʼlim tizimi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shova qishlogʻida uchta davlat boshlangʻich maktabi va qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transport

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shovada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas. Eng yaqin stansiya qoʻshni Numata shahridagi Numata stansiyasi hisoblanadi.

Magistral yoʻl

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Jōshin-etsu tekor yoʻnalish- Akagi-Kōgen SA, Shōva IC

Galereya

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Shōva-shinzanning panoramik koʻrinishi
Shōva qishlogʻini oʻrab turadigan togʻlar
Shōva-shinzan

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Shōwa Village official statistics“ (Japanese).
  2. Shōwa climate data
  3. Shōwa population statistics

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy shahar
Flag of Gunma Prefecture
Maxsus shaharlar
Shaharlar
Tumanlar
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shōva_(Gunma)&oldid=5394837" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp