Johnny Rotten Steve Jones Glen Matlock Paul Cook Sid Vicious
Sex Pistols (1977)
Sex Pistols inglizpank-rok guruhidir.BBC tarafidan "haqiqiy ingliz pank guruhi" deb tasvirlangan. Guruh atigi uch yil (1975-1978) aktiv holda ijod qildi. Keyin esa tarqaldi. Bu qisqagina vaqt ichida faqat bir dona albom (1977-yilda Never Mind the Bollocks, Here's the Sex Pistols) va to'rt ta singl yozdilar.
John Joseph Lydon1956-yil31-yanvarda ishchi oilasida tug'ildi (otasi-gruzovik shofyori, onasi-bar ishchisi). Bolaligidameningit kasali bo'ladi. Baqraygan va paranoyak psihikasi bu kasallikning asoratlari. O'smirligida juda ko'p ichardi. Katolik maktabini undan keyin esa tehnikumni bitiradi.1975-yilSex Pistols guruhiga taklif qilinadi. O'shanda unga «Djonni Rotten» (Rotten - laqabi beriladi.1978-yil Sex Pistolsdan chiqadi vaPublic Image Ltd guruhida ijodini davom ettiradi.
Stephen Phillip Jones 1955-yil 3-sentyabrda Londonda dunyoga keladi. U oilaning yolg'iz farzandi bo'ladi.Otasi-bokschi, uni ikki yoshligida tashlab ketadi. U tikuvchi-onasi va buvi-dodasi bilan kotta bo'ladi.1972-yil Steve, Paul Cook va Wally Nightingale bilan The Strand guruhini tuzadilar. Bu guruhda Jones gitara chalishni o'rganadi. 1975-yil Jones Paul Cook bilanSex Pistols ni tuzadilar. Guruhga Glen Matlock va keyinchalik Johnny Rotten qo'shiladi.Sex Pistols tarqalganidan keyinThe Professionals, Chequered Past, Neurotic Outsiders guruhlarida ijod qiladi.
Glen Matlock1956-yil27-avgustdaLondonda tug'iladi.1977-yilgachaSex Pistols bilan ishlaydi.1977-yil esaThe Beatles guruhiga qiziqgani uchun guruhdan haydaladi va Sid Vicious bilan almashtiriladi.Sex Pistols dan keyinThe Rich Kids, Vicious White Kids, The Philistines, The Flying Padovani's, Slinky Vagabond guruhlarida ijodini davom ettiradi.
Paul Cook1965-yil20-iyuldaLondonda tug'iladi. Christopher Wren maktabiga Steve Jone bilan tanishadi. Guruh tarqalgunicha guruhda barabanchilik qiladi. KeyinchalikThe Professionals, Chiefs of Relief, Man-Raze guruhlarida baraban chaladi.
Sid Vicious, haqiqiy ismiJohn Simon Ritchie1957-yil10 maydaLondonda tug'iladi. U kichkinaligida ota-onasi ajrashadilar. Sid onasi bilan qoldi. Keyinchalik ular Londondan ketib Ibısa orollariga ko'chishadi. Narkotik sotib kun kechirishadi. 1965-yilda Londonga qaytishganda John 8 yosh bo'ladi. Onasi o'g'lini tashlab ketadi. O'smirlik chog'larida John juda urushqoq bola edi.The Ramones muhlisi bo'lishdan oldinDavid Bowie vaT-Rex kabi san'atchilarning musiqasini tinglar edi. Urushqoq bo'lgani uchun do'sti Johnny Rotten unga "Sid Vicious" laqabini beradi. Sex Pistols tashkil etilganda Sid 19 yoshda edi. 1977-yilning mart oylarida bas gitara chalishni o'rganadi. Glen Matlock guruhdan chiqganidan keyin Sidni uni o'rniga guruhga oldilar.
Johnny Rotten va Sid, Johnnyning Linda degan bir tanishining uyiga boradilar va u yerda Sid Nancy Spunger bilan tanishadi.Ularning ortasida o'limgacha cho'zilgan sevgi boshlanadi.1978-yil10-oktyabrda Chelsea Hotelning Sid va Nancy kechalagan honada Nancyning pichoqlangan jasadi topiladi. Politsiya bu jinoyat narkotik sotuvchilari bilan sevishganlarning orasidagi kelishmovchilik sababdan yuz bergan degan qarorga boradi.
1979-yil2-fevraldaNyu-Yorkdagi Greenwich Village otelida Sidning jasadini topishadi. Geroin komasiga kirib o'lgan Sid atigi 21 yoshda edi.