Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sergey Yesenin

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Yesenin
Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин
Tavalludi3-oktyabr1895-yil
Konstantinovo,Rossiya imperiyasi
Vafoti27-dekabr1925-yil(1925-12-27)
(30 yoshda)
Sankt Peterburg,SSRI
FuqaroligiRossiya Imperiyasi, Russian Republic, Rossiya SFSR va SSSR

Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorlirus lirikshoiri vayozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot vatabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshidaoʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarinioʻzbek shoiriErkin Vohidov buyuk mahorat bilanoʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrdaRossiyaningRyazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlogʻida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotabaAQShga vaYevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yilSankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib, o'z joniga qast qiladi. So'ngra shoir va yozuvchi Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabr kuniMoskvada shahrida dafn etiladi.

Ijodi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shoir sifatida

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yeseninimajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.

„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.

1924-1925-yillarda YeseninOʻrta Osiyo vaKavkazorti mintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-daToshkentda ham yashagan,Samarqand shahrida boʻlgan. Yeseninning„Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort oʻlkalarga sayohat chogʻida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumiHofiz,Saʼdiy Sheroziy,Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.

„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlariErkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.

Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:

Rus tilida

Do svidanya, drug moy, do svidanya.
Miliy moy, ti u menya v grudi.
Prednaznachennoe rasstavane
Obeщaet vstrechu vperedi.

Do svidanya, drug moy, bez ruki, bez slova,
Ne grusti i ne pechal brovey, —
V etoy jizni umirat ne novo,
No i jit, konechno, ne novey.

Erkin Vohidov tarjimasi

Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bor oldinda hali.

Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap,
Yashamoq ham yangimas, axir!

Yozuvchi sifatida

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916) qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninningnasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami (Wayback Machine saytida 2012-07-13 sanasidaarxivlangan)

Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning17-aprel,2023-yil(2023-04-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
(Yordam ·Koʻproq audiomaqolalar)


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sergey_Yesenin&oldid=5398722" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp