Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sergey Raxmaninov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Raxmaninov
Tavalludi1-aprel1873
Vafoti28-mart1943[1]
FuqaroligiRossiya Imperiyasi va AQSh
OtasiVasily Arkadyevich Rachmaninoff
OnasiLyubov Petrovna Butakova

Sergey Vasilyevich Raxmaninov [1873.20.3(1.4), Novgorod gubernyasi — 1943.28,3, Beverli-Xils, Kaliforniya, Nyu-York yaqinidagi Kensikoda dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi[2] va dirijyor. Moskva konservatoriyasini fortepiano (1891) va kompozitsiya (1892) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Moskvadagi Rus xususiy opera teatri (1987—98), Katta teatr (1804—06)da dirijyor. 1918-yildan AQShda yashagan. R. ilk asarlari (1 fortepiano konserti, 1891; "Aleko" operasi, 1892 va boshqalar)dan rus mumtoz kompozitorlik anʼanalariga tayangan. Uning keng koʻlamli lirik kuylarga boy musiqasi rus xalq qoʻshiqchiligi va cherkov musiqasi, shu bilan birga sharq musiqasi anʼanalariga asoslanadi. Buyuk virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan R. ijodida fortepiano asarlari alohida oʻrin tutadi: fortepiano va orkestr uchun 4 ta konsert va "Paganini mavzusiga rapsodiya"si, prelyudiyalar va etyudmanzara turkumlari, 2 ta sonata va fortepiano triosi va boshqa "Simfonik raqslar", "Ioann Zlatoust liturgiyasi" va "Tungi bedorlik" xor asarlari, romanslar, kamercholgʻu asarlari va boshqa mashhur. R.ning umumsharqona uslubga mansub asarlari orasida "Kuylama sohibjamol" romanei, "Sharqona raqs", "Vokaliz" kabi kamercholgʻu asarlari, 2 va 3 fortepiano konsertlari va boshqa mavjud.[3]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. //(unspecified title)
  2. Jean-Pierre Thiollet,88 notes pour piano solo, "Solo nec plus ultra", Neva Editions, 2015, p.50.ISBN 978 2 3505 5192 0.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sergey_Raxmaninov&oldid=5030951" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp