Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sent-Kitts va Nevis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sent Kitts va Nevisdan yoʻnaltirildi)
Saint Kitts va Nevis Federatsiyasi
ShiorCountry Above Self
Madhiya: "O Land of Beauty!"
Location of Sent-Kitts va Nevis
PoytaxtBasseterre
Rasmiy til(lar)Ingliz
HukumatHamdoʻstlik
• Rohib
Qirolicha Yelizaveta II
Ser Cuthbert Sebastian
Denzil Douglas
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
19-sentabr 1983
Maydon
• Butun
261 km2 (212-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
38,958 (213-oʻrin)
• Zichlik149/km2
YIM (XQT)2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$339 mil. (212-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$8,702
Pul birligiEast Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt mintaqasiUTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
QisqartmaSC
Telefon prefiksi1
Internet domeni.kn

Sent Kitts va Nevis, Sent Kits va Nevis Federatsiyasi (Inglizcha:Federation of Saint Kitts and Nevis) -Sent Kristofer vaNevis Federatsiyasi (Inglizcha:Federation of Saint Kristopher and Nevis) –Karib dengizining sharqiy qismidagi.Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 261 km². Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytaxti –Baster shahri (Sent Kitts orolida). Maʼmuriy boʻlinishi 2birlikdan iborat.

Davlat tuzumi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sent Kitts va Nevis –konstitutsiyali monarxiya.Buyuk Britaniya boshchiligidagiHamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yil 19 sentyabrda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi – Buyuk Britaniya Qiroli (Charlz III nomidan ish yurituvchigeneral-gubernator).Qonun chiqaruvchihokimiyat organi – bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagihukumat amalga oshiradi.

Tabiati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Orollarvulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng yirik orolSent-Kristofer (koʻpincha,Sent Kits deb yuritiladi).Nevis oroli undan 3 km janubida joylashgan. Ikkalaorol goʻzal hosildor vodiylardan iborat boʻlib, oʻrtasida togʻ choʻqqilari bor (eng baland joyi –Mizeri togʻi, 1156 m). Iqlimitropik, issiq iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 18—24°. Yillik yogʻin 700–1200 mm. Togʻlarning quyi yon bagʻirlariga shakarqamish va gʻoʻza ekiladi, balandroqdatogʻ tropik oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat.

Aholi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Aholisining deyarli hammasi afrikalik qullarning avlodi boʻlgansentkitslar (negrlar vamulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari –protestantlar vakatoliklar. Rasmiy til –ingliz tili.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Orollarga 1493-yil X. Kolumb kelgan. 17-asr boshlaridanBuyuk Britaniya bilanFransiya urtasida talash boʻlgan. Bu yerda fransuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan.Inglizlar 1628-yil Nevis, 1783-yil esa Sent Kits orolni mustamlakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi— aravaklarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882-yil SentKits, Nevis va Angilya (Anguilla) orollari federatsiyasi tuzildi, u 1958— 62 yillardaVest-Indiya federatsiyasiga kirdi. 1967-yil fevraldan u „Buyuk Britaniya bilan uyushtan davlat“ maqomini oldi (may oyida Angilya federatsiyadan chiqdi). 1983-yil sentyabrdan Sent Kitts va Nevis mustaqil davlat. 1983-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami –19 sentyabr –Mustaqillik kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Xalq faoliyati partiyasi, Sent-Kristofer orolida 1965-yil tuzilgan;Sertashvish fuqarolar harakati,Nyovis oroldagi toʻrt partiya uyushmasi;Leyboristlar partiyasi, 1932-yil asos solingan;Nevis islohotchilar partiyasi, 1970-yil tashkil etilgan.Sent-Kits—Nevis kasaba va ishchi ittifoqi, 1940-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotning asosiqishloq xoʻjaligi va xorijiy sayyohlargaxizmat koʻrsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 5,5%,sanoat ulushi 22,5%,savdo,xizmat koʻrsatish sohasi va sayyolik ulushi 72%ni tashkil etadi. 8 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga Sent-Kitsdashakarqamish ekiladi, qolgan qismitropik mevazor (mango,avokado,papayya va boshqalar) bilan band. Nevisdapaxta,kokos palmasi,ananas yetishtiriladi. Aholi qadimdanbaliq ovlash bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar,chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 310 km, tor izli temir yoʻl uzunligi —36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti –Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yogʻi va boshqa chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi,AQSH, Buyuk Britaniya,Niderlandiya,Antigua va Barbuda bilan savdo qiladi. Pul birligi – sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Gazetalari: „Demokrat“ (haftanoma, 1948-yildan), „Leybor spouksmen“ („Ishchi notiq“, haftada 2 marta chiqadigangazeta, 1957-yildan).Radio vatelevideniyehukumat xizmati mavjud, radioeshittirishlar 1961-yildan, telekoʻrsatuvlar 1972-yildan olib boriladi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sent-Kitts_va_Nevis&oldid=5470654" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp