Semyon Mixaylovich BudyonniySovet otliq askari,Rossiyafuqarolar urushi, Polsha-Sovet urushi vaIkkinchi jahon urushi yillarida harbiy qoʻmondon va siyosatchi boʻlgan.
Semyon Mixaylovich Budyonniy janubiy Rossiya imperiyasining Don Qozoq viloyatidagi (hozirgiRostov viloyati) Salsk shahri yaqinidagi Kozyurin fermasida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. U Don Qozoqlar hududida oʻsgan boʻlsa-da, Budyonniyning oilasiVoronej viloyatidan boʻlgan etnik ruslar edi. Semyon Mixaylovich Budyonniy1903-yilning kuzigachaRossiya imperiyasi armiyasi safiga chaqirilgunga qadar u turli xil kasblarda faoliyat yuritdi misol uchun:fermer, doʻkondor, temirchi shogirdi, bugʻ mashinasida haydovchi boʻlib ishladi. Budyonniy1903-yildaRossiya imperiyasiarmiya safiga chaqirilgan. Birinchi jahon urushi]],Avliyo Georgiy xochi ordenining toʻrtta darajasini olgan.Rossiyada fuqarolar urushi boshlanganda Budyonniy bolsheviklar gʻalabasida muhim rol oʻynagan 1-otliqlar armiyasiga asos soldi[1]. Budyonniy urushda koʻrsatgan jasorati bilan mashhur boʻldi va bir qancha mashhur vatanparvarlik qoʻshiqlarining mavzusiga aylandi[2].
Birinchi jahon urushi yillarida BudyonniyDaniyaningXristian IX 18-Severskiy dragun polkining Sharqiy jabhadagi Kavkaz otliq diviziyasida 5-eskadronning ofitseri boʻlgan. U Bjezina yaqinidagi nemis taʼminot kolonnasiga qilgan hujumi bilan mashhur boʻldi vaAvliyo Georgiy xochi ordeni, 4-darajasiga ega boʻldi.1925-yilda Semyon Mixaylovich Budyonniy temiryoʻlchining qizi, qoʻshiqchi Olga Stefanovna Mixaylova bilan turmush qurdi. Ular turmush qurgandan soʻng, OlgaMoskva konservatoriyasiga oʻqishga kirdi,1930-yilda oʻqishini tugatdi, keyinBolshoy teatriga ishga kirdi[3][4].1937-yilningAvgustoyida Semyon Mixaylovich BudyonniyOlga Stefanovna Mixaylova bilan ajrashdi va Olganing 33 yoshli jiyani Maria Vasilevna bilan turmush qurdi va umrining soʻngiga qadar Maria Vasilevna bilan yashadi, ularning 2 oʻgʻil farzandi Sergey, Mixayl va Nina ismli qizi boʻgan[5].
| Bu maqola birortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |