Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Sayido Nasafiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayido Nasafiy
Tavalludi1637
Vafoti1710
KasbiShoir
Ijod qilgan tillariTojik tili va Fors tili
YoʻnalishNazm
JanrGʻazal,ruboiy,qasida

Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Toʻquvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin doʻst boʻlgan, uning taʼsirida ijodi kamolga yetgan. Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoqlashgan. Asarlarida jabru - zulmga qarshi norozilik asosiy oʻrinni egallagan. "Shahroshub"manzumasida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar ahlini ulugʻlagan. "Bahoriyot" ("Hayvonotnoma") majoziy munozara asarida, ayrim gʻazallarida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy muhiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sayido_Nasafiy&oldid=2857295" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp