Sarimsoq boshqasabzavotlarga nisbatan tez oʻsadi. -7, -8° sovuqqa chidamli, 10— 12° issiqda yaxshi oʻsib rivojlanadi, 20—25° da pishib, yetiladi. Sarimsoq ikki marta — bahorda va asosan, kuzda ekiladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy sarimsoq urugʻ bermaydi, balki piyozidan tashqari gulpoyasitoʻpgulida 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. Sarimsoq vegetativ yoʻl bilan, kuzda va bahorda piyozini boʻlaklarga ajratib ekib koʻpaytiriladi. 100 m² yerga shunday piyozchalardan 10–15kg sarf qilinadi. Sugʻoriladigan unumdor yerlarga qator oralarini 45 sm, oʻsimlik oraligʻini 4-8 sm qilib, 4-6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekib boʻlingach, tuproq, somonli goʻng, chirindi bilan mulchalanadi. Oʻsuv davrida 5-6 marta sugʻoriladi, oziqlantiriladi, parvarishi piyozga oʻxshash. Bahorda oʻsib chiqqan gulpoya (karnay)lari yulib tashlanadi.Oʻzbekistonda ertapishar (Mayskiy) navi may oyining oxirlarida, kechpishar (Binafsharang, Janubiy binafsharang,Andijon) navlari iyul boshlarida yetiladi. Hosildorligi 50-150 s/ga.
Kasalliklari: vilt, asosiy zararkunandasi — poya nematodasi.[1]