Sara Bonnici | |
---|---|
![]() Bonnici 2024-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | Sara Bonnici 30-may1998-yil (1998-05-30) (26 yosh) |
Janrlar | Pop |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2009–hozirga qadar |
Fuqaroligi | Malta |
Sara Bonnici (Maltese pronunciation:[ˈsɐrɐbɔˈnːiːt͡ʃɪ]; 1998-yil 30-mayda tugʻilgan) – maltalik qoʻshiqchi. U „Loop“ qoʻshigʻi bilan2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta nomidan ishtirok etgan[1].
Sara Bonnici 1998-yil 30-mayda Maltaning Gozo orolida tugʻilgan[2]. U Mercury Tower va Ħamrun Spartans bosh direktori Marcel Bonnicining qizidir[3]. Sara BonniciBuxgalteriya hisobi boʻyicha magistr darajasiga ega[4].
Sara Bonniciga yoshligida Miriam Christine ustozlik qilgan[5]. 2009-yilda uMaltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida, keyin esa 2009-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan va „Mambo qoʻshigʻi“ bilan uchinchi oʻrinni egallagan[4][6]. Keyingi yili u L-Għanja Tal-Maltin qoʻshiq festivalining 4-mavsumida gʻolib boʻlib, oʻz yosh guruhida Miriam Christine tomonidan yozilgan qoʻshiq bilan birinchi oʻrinni egallagan va xuddi shu tanlovda „Eng yaxshi ovoz“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan[7]. 2010-yilda uMaltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida „Kitty Kitty Cat“ qoʻshigʻi bilan 7-oʻrinni qoʻlga kiritgan[8]. Bu gʻoliblik unga Malta vakili Nicole Azzopardi bilan 2010-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etish imkoniyatini bergan[5].
Oʻsmirlik yillarida u oʻzining tugʻilgan joyi Maltadan tashqarida bir nechta xalqaro qoʻshiq tanlovlarida, jumladan Bolgariyadagi Trixie festivalida, Ruminiyadagi Karpat yulduzlari festivalida va Vengriyadagi „Star to Born“ festivalida qatnashgan[4]. Sara Bonnici Ruminiyada boʻlib oʻtgan Ti Amo festivalida oʻz toifasida birinchi oʻrinni egallagan va „Vivrà ancora“ qoʻshigʻi bilan original qoʻshiq toifasida gʻolib boʻlgan[4]. U 2012-yilda Kanzunetta Indipendenza festivalining „Yangi isteʼdod“ nominatsiyasida[9] va 2018-yilda ayni shu festivalning asosiy toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[10]. Oradan koʻp oʻtmay, uX Factor Maltaning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan[11][4].
Sara BonniciMaltadagi Eurovision 2022 qoʻshiq tanlovida Aidan tomonidan yozilgan „Heaven“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 12-oʻrinni egallagan[12]. 2023-yil 18-oktabrda uMaltadagi Eurovision 2024 qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari orasida „Loop“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan, keyinchalik u 27-oktabr kuni yarim final bosqichining birinchi shousida chiqish qilish uchun qur’a tashlash marosimida qatnashgan[13]. Noyabr oyi oxirida chiqqan yakuniy natijalarga koʻra, Sara Bonnici 2024-yil 3-fevralda finalga saralangan ishtirokchilaridan biri sifatida qatnashishi eʼlon qilingan[14]. U yerda Sara Bonnici hakamlar hay’atining ovoz berishi bilan keyinga bosqichga oʻtgan va jami 102 ball toʻplagan holda birinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng, u2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta vakili sifatida tanlab olingan[6]. Sara Bonnici 2024-yil 9-may kuni ikkinchi yarim finaldan oʻta olmagan va 13 ochko bilan musobaqada 16-oʻrinni egallagan[15][16].
Sarlavha | Yil | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Albom yoki EP |
---|---|---|---|
MLT[17] | |||
„Bandwagon“ | 2015-yil | — | Albom boʻlmagan singllar |
„Breathe Your Love“ | 2017-yil | — | Albom boʻlmagan singllar |
„Il-Pinna“ | 2018-yil | — | Albom boʻlmagan singllar |
„Heaven“ | 2022-yil | — | Albom boʻlmagan singllar |
„Never Ever“ | 2023 yil | — | Albom boʻlmagan singllar |
„Loop“ | 2024-yil | 1 | Albom boʻlmagan singllar |
„Hold me closer“ | — | Albom boʻlmagan singllar | |
„Lose“ | 7 | Albom boʻlmagan singllar | |
„—“ oʻsha hududda yozilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi. |
Oʻtmishdoshi: The Busker „Dance (Our Own Party)“ qoʻshigʻi bilan | Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi 2024 | Vorisi: TBD |