Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Safi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Safi, Asfi – Marokashning gʻarbiy qismidagi shahar. Safi viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 262,3 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi baliq ovlash va savdo porti (chetga fosforit, baliq konservalari, superfosfat chiqariladi). Transport yoʻli orqali Yusufiya, Marrokash va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Jahonda yirik fosfor kislotasi i.ch. markazlaridan. Baliq konservalash, toʻqimachilik sanoati korxonalari, kema verfi bor. Baliq ovlanadi. Shaharga 11-asrda asos solingan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Marokash geografiyasiMarokash geografiyasiga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Safi&oldid=5358135" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp