Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Rustam Doʻrmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rustam Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRustam Charshanbiyevich Doʻrmonov
Tavallud sanasi28-yanvar1969-yil (1969-01-28) (56 yosh)
Tavallud joyiTermiz,Oʻz SSR,Soviet Union
Boʻyi1.77 m (5 ft9 12 in)
AmpluasiHujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Surxon
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1985—1989Surxon89(14)
1990—1991Neftyanik Fergana80(25)
1992—1994Neftchi73(53)
1995Paxtakor20(5)
1996—1997Neftchi55(37)
1999—2000Navbahor25(12)
2000—2002Neftchi69(12)
Milliy terma jamoa
1992—2000Oʻzbekiston14(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov (1969-yil 28-yanvarda tugʻilgan[1]) – Oʻzbekistonlik sobiq professionalfutbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Doʻrmonov 1985-yildan 1989-yilgachaSovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida„SurxonTermiz“ jamoasida oʻynagan. Jamoadagi oʻyinlari davomida u bir vaqtning oʻzida Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmat davridaTallinning „Zirka“ armiya jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yildaFargʻonaning „Neftyanik“ (hozirgi„Neftchi“) jamoasiga koʻchib oʻtgan va 1992—1994-yillardaFargʻonaning„Neftchi“ jamoasi bilan burgalikda ketma-ket uch marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi MDH kubogida ham qatnashib, „Neftchi“ jamoasini ikkinchi oʻrinni olishida munosib hissa qoʻshgan. 1995-yilda Toshkentning„Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, keyingi yili esa Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va 1997-yil oxirigacha oʻynagan. 1999—2000-yillardaNamanganning„Navbahor“ jamoasida oʻynagan[2]. 2000-yilda yana „Neftchi“ga qaytib kelgan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2002-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Doʻrmonov faoliyatining katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Oliy ligasida116 ta gol urgan[3]. Doʻrmonov bu natijalariFargʻonaning „Neftchi“ klubidaYuriy Sarkisyandan keyin eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirgan. Rustam liga va kubok oʻyinlarida jami 133 ta gol urgan xoldaGennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi sifatida tanlangan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Doʻrmonov futbol boʻyichaOʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 17-iyun kuniMarkaziy Osiyo kubogi doirasidaTojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[4][5]. 1994-yildaYaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga tarkibiga kiritilgan.OFK 1994-yildan boshlash terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan borgan. Turnirda Rustam Doʻrmonov turnir gʻolibiga aylangan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlmagan va asosan zaxiradan maydonga tushgan. Turnir yakunida oltin medallarini ham qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qilmagan. Rustam 2000-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa safida jami 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan[6]. Doʻrmonov 1998-yilgi Jahon chempionati saralashidaYamanga qarshi oʻyinda ham oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2016-yilning yoz oyida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiylik qilagan[7][8]. 2017-yilgi mavsumdaXotira-79 klubida bosh murabbiylik qilgan[9][10][11]. 2019-yilgi mavsum bir muddatFargʻonaning„Istiqlol“ klubi murabbiylar shtabida koʻrinish bergan[12].

Yutuqlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Terma jamoa bilan

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

Shaxsiy sarlavha

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Rustam Doʻrmonovning akasiAbdusamad Doʻrmonov va ukasiRavshan Doʻrmonov[15] ham futbolchi boʻlgan. 1992-yilgi mavsumda uch aka-uka bir vaqtning oʻzida„Neftchi“ (Fargʻona) klubi tarkibida oʻynagan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Osiyo o'yinlari g'olibi 48 yoshga to'ldi“ (2017-yil 28-yanvar).
  2. V chest vidayuщixsya futbolistov(rus.)
  3. Rustam Durmanov[sayt ishlamaydi], 9 Fevralya 2009
  4. „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 2015-yil 8-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
  5. Tadjikistan – Uzbekistan – 2 : 2 17.06.1992(rus.)
  6. Sbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas?(rus.)
  7. „"Navbahor"ga Kosta-Rika va Gondurasdan legionerlar keladi“ (03 avg 2016).
  8. „Rustam Do'rmonov: “Oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz”“ (29 okt 2016).
  9. „Rustam Do'rmonov Xotira-79 bosh murabbiyi“ (2016-yil 30-mart).
  10. „Rustam Do'rmonov “Xotira-79” bilan xayrlashdi“ (28 iyu 2016).
  11. „Rustam Do'rmonov "Xotira-79" bosh murabbiyi“ (22 iyu 2017).
  12. Sbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas?(rus.)
  13. „Oliy liganing barcha snayperlari“ (28 okt 2015).
  14. Ukaz Prezidenta(rus.)
  15. V chest vidayuщixsya futbolistov(rus.)

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rustam_Doʻrmonov&oldid=5361411" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp