Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Rodeziya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rodeziya
Tan olinmagan davlat;
dominion (1970-yilgacha)

1965 — 1979



Bayroq (1968–1979)Gerb
Shiori
lotincha:Sit Nomine Digna
Madhiya
Rise, O Voices of Rhodesia
PoytaxtiSalisbury
Til(lar)iingliz
Pul birligiRodeziya funti(1970-yilgacha)
Rodeziya dollari(1970-yildan keyin)
Maydoni390 580 km²
Aholisi6 930 000 (1978-yil)
Boshqaruv shakliKonstitutsiyaviy monarxiya(1965–1970)
Parlamentar respublika(1970–1979)
Prezident
 - 1970–1975Clifford Dupond
 - 1976–1978John Wrathall
 - 1978–1979Jack Pithey
 - 1975–1976, 1978–, 1978–1979Henry Everard
Bosh vazir
 - 1965–1979Ian Smith
Tarix
 - 11-noyabr 1965-yilMustaqillik
 - 2-mart 1970-yilRespublikaning eʼlon qilinishi
 - 1-iyun 1979-yilTugatilishi

Rodeziya (inglizcha:Rhodesia[roʊˈdiːʒə]) – 1965-yildan 1979-yilgacha mavjud boʻlgan vaJanubiy Afrika hududidagiJanubiy Rodeziya koloniyasi hamda hozirgiZimbabve hududida joylashgan tan olinmagan mamlakat.

Janubiy Rodeziya 1964-yil boʻlib oʻtganreferendum natijalariga koʻra 1965-yildaBuyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qiladi. Dastavval koloniya Buyuk Britaniyaning mustaqildominioni boʻlishga umid qiladi, lekin 1970-yilda, Buyuk Britaniyaning jahon hamjamiyatiga Rodeziyaning mustaqilligini tan olmasligi haqidagi murojaatnomasidan keyin oʻzinirespublika deb eʼlon qiladi. Yangi mamlakatning hokimiyatida Ian Smith boshchiligidagi Rodeziya fronti oqlar partiyasi turgan.

1979-yilda, uzoq yillikfuqarolar urushidan soʻng hokimiyatga tub qora tanli aholi boshchiligidagi harbiylashgan guruhlar keldi. Davlat nomi dastlabZimbabve-Rodeziyaga, keyinchalik esa Zimbabvega oʻzgartiriladi. Shuningdek barcha davlat ramzlari ham almashtirilgan. Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar 1980-yilda Zimbabve mustaqilligini tan olgan.

Rodeziya oʻz nominiCecil Rhodes – ingliz biznesmeni sharafiga olgan.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Rodeziya 1965-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qilgan. Bunga asosiy sabab bosh vazir Ian Smith boshchiligidagi Rodeziya hukumati umumiy ovoz berish huquqi haqidagi qonunga qarshi chiqqanligi edi. Dastlab koloniya mustaqil dominionlik huquqini olishga umid qilgan, lekin 1970-yilda, jahon hamjamiyati Rodeziya mustaqilligini tan olishni rad etgandan soʻng referendum natijasiga koʻra u Rodeziya respublikasi deb eʼlon qilingan.

1979-yilda Smith hukumati oppozitsiya bilan ichki kelishuv imzolashga majbur boʻldi. Unga koʻra, umumiy saylov oʻtkazilgan va uning natijalariga koʻrayepiskopAbel Muzorewa gʻalaba qozongach, davlat nomi Zimbabve-Rodeziyaga oʻzgartirilgan.

Buyuk Britaniya hukumati yangi siyosiy hokimiyatni tan olmadi. Britaniya hukumati, Rodeziya hukumati va radikal oppozitsiya yetakchilari oʻrtasida imzolangan Lancaster House kelishuvi natijasida Rodeziya vaqtinchalik kolonial imperiya tarkibiga qaytarilgan. Kolonial imperiya hukumati yangi saylov oʻtkazgan va ushbu saylovlarda soʻl-radikal Zimbabve Afrika milliy birlik harakati (inglizcha:Zimbabwe African National Union; qisqartmasi – ZANU) va uning yetakchisiRobert Mugabe gʻalaba qozongan.

Rodeziya davlati mavjud boʻlgan davrda janubdaJanubiy Afrika Respublikasi (JAR), janubi-gʻarbdaBotsvana vaJanubiy-gʻarbiy Afrika (soʻnggisi JAR boshqaruvi ostida), shimoldaZambiya (sobiqShimoliy Rodeziya), sharqda boʻlsaPortugaliya Mozambiki (1975-yildan soʻngMozambik) davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Chet davlatlari bilan rasmiy diplomatik aloqalari mavjud emasligiga qaramay (BMT xavfsizlik kengashining 216-rezolyutsiyasi xavfsizlik kengashiga aʼzo barcha davlatlarni Rodeziya hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini taqiqlagan), Rodeziya koʻplab mamlakatlar bilan norasmiy tarzda siyosiy va savso-sotiq aloqalarini olib borgan:

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Rodeziyaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Rodeziya markazlashgan hukumatga ega boʻlib, 7 taprovinsiya va maqomi jihatidan provinsiyaga tenglashtirilgan 2 ta shahardan iborat edi. Hukumat boshqaruvi har bir provinsiyadagi provinsiya poytaxtidan turib amalga oshirilgan.

ProvinsiyaPoytaxti
ManicalandUmtali
Shimoliy MashonalandSalisbury
Janubiy MashonalandSalisbury
VictoriaFort Victoria
Shimoliy MatabelelandBulawayo
Janubiy MatabelelandBulawayo
MidlandsGwelo

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
1969-yilda shaharlar aholisi[1]
ShaharYevropaliklarTub aholiBoshqa millatlarUmumiy
Solsberi96,420 (25.07%)280,090 (72.84%)8,020 (2.09%)384,530
Bulavayo50,090 (20.40%)187,590 (76.38%)7,910 (3.22%)245,590
Mutare8,340 (17.93%)36,220 (77.88%)1,950 (4.20%)46,510
Gveru8,390 (18.23%)36,880 (80.12%)760 (1.65%)46,030
Kve kve3,160 (9.62%)29,250 (89.01%)450 (1.37%)32,860
Kadoma1,880 (8.97%)18,770 (89.55%)310 (1.48%)20,960
Xvange2,160 (10.72%)17,980 (89.28%)----20,140
Zvishavane1,560 (9.87%)14,170 (89.63%)80 (0.51%)15,810
Fort Viktoriya2,530 (22.29%)8,470 (74.63%)350 (3.08%)11,350


Aholi tarkibi (1969-yil 20-mart va 29-apreldagi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra)

[tahrir |manbasini tahrirlash]
RasaKolichestvo, chel.%
Tub aholi4 846 93095,05%
Yevropaliklar228 2964,48%
Osiyoliklar8 9650,18%[2]


Yevropaliklar kelib chiqishi boʻyicha

[tahrir |manbasini tahrirlash]
MamlakatSoni, kishi.%
Rodeziya92 93440,71%
JAR (asosan Janubi-Gʻarbiy Afrika)49 58521,83%
Buyuk Britaniya52 46822,98%
Afrikaning boshqa mamlakatlari (asosan Zambiya)12 5565,50%[2]

Tili

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Rodeziyada yashovchi yevropaliklarning asosiy qismiingliz tilida, oz qismiafrikaans tilida, mamlakat tub aholisining 2/3 qismi shona tilida, qolganlari ndebele tilida soʻzlashadi[3]. Mamlakatda istiqomat qiluvchi hindlargujarot vahind tillarida soʻzlashadi.

Zimbabve Respublikasi (1980)

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1980-yil 18-aprelda mamlakat Zimbabve Respublikasi nomi ostidaMillatlar hamdoʻstligi tarkibidagi mustaqil davlatga aylandi. Uning poytaxti hisoblangan Salisbury shahri 2 yildan soʻngXarere deb qayta nomlangan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Paxton J.. The Statesman's Year-Book 1971-72: The Businessman's Encyclopaedia of all nations. Springer, 2016.ISBN 9780230271005. 
  2. 2,02,1Godwin P., & Hancock I. 'Rhodesians Never Dieʼ: The impact of war and political change on White Rhodesia, 1970—1980-yillar. Johannesburg: Pan Macmillan South Africa, 2013. 400-bet.
  3. „Ndebele“.Ethnologue. 2018-yil 25-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rodeziya&oldid=4696956" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp