René Magritte 1898-yildaBelgiyaningEno provinsiyasidagiLessin shaharchasida dunyoga kelgan. Rassomning otasi,Leopold Magritte (1870–1928[2]) tikuvchilik va gazlama savdosi bilan shugʻullangan. Onasi, Regina (1871–1912[3]) turmushga chiqishdan oldin shlyapalar tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan. Lessinda bir necha yil istiqomat qilganlaridan soʻng Magrittelar oilasiGilliga koʻchib oʻtgan. U yerda Renéning ikki ukasi: Paul (1902–1975[4]) va Raymond (1900–1970[5]) dunyoga kelgan. Shundan soʻng, oila 1904–1912-yillar oraligʻidaShatleda istiqomat qilgan. Shu yerda René 1904–1910-yillar oraligʻida boshlangʻich maktabni va oʻrta maktabning birinchi sinfini tugatgan[6].
René oʻz xotiralarida, buvisi istiqomat qiladiganSuanyi shahrida yashagan davrlarida doʻsti bilan tashlandiq qabristonda oʻynashni yaxshi koʻrganini va doimiy ravishda oʻsha qabristonda ijod qilgan rassom bilan koʻp uchrashganini eslab oʻtgan. Keyinchalik ushbu rassomLéon Huygens boʻlganligi ayon boʻlgan.
Rene Magrittning imzosi
1912-yil martida Renéning onasi Regina depressiya holatidaSharlerua shahridagiSambre daryosida o'z joniga qasd qilgan va choʻkib ketib vafot etgan. 1913-yil fevralida, Regina Magrittening oʻz joniga qasd qilganidan bir yilga yaqin vaqt oʻtganidan keyin, Magrittelar oilasi Shatledan Sharlerua shahriga koʻchib oʻtgan. Oʻsha yilning avgustida boʻlajak rassom qassobning qizi, 12 yoshlikGeorgette Berger bilan tanishib qoladi. UlarBirinchi jahon urushi boshlangunga qadar doʻst boʻlib, urush boshlangandan soʻng ajralishgan va tasodifan 6 yildan soʻng yana uchrashishgan.
Ijodiy faoliyatining boshlanishi, Bryussel (1915-1922)
1914-yil oxiri va 1915-yilning boshida Magritte oʻzining ilk sanʼat asarini yaratgan. 1,5 ga 2 metrlik rasmda yonayotgan otxonadan yugurib chiqayotgan otlar tasvirlangan edi. 1915-yilda boʻlajak rassom maktabni tashlab ketgan vaBryusselga koʻchib oʻtgan. Bu yerda tasviriy sanʼat akademiyasiga erkin tinglovchi boʻlib qatnashishni maqsad qilgan. Rassomning oʻzi eslashicha, u mashgʻulotlarga doimiy tarzda qatnashmagan va akademiyani 1918-yilda tark etgan. 1919–1920-yillar orasida uabstraksionistPierre-Louis Flouquet bilan birgalikda ijaraga studiya olgan. Taxminan shu davrda u shoirPierre Bourjois va uning akasi, arxitektorViktor Bourjois bilan tanishadi. Oʻz doʻstlari bilan birgalikda Magritte „Au Volant!“ (Yoʻlda) jurnalining 4 ta sonini chop qilishgan[7].
Ushbu davrga kelib Magritte oʻzining ilk asarlarini ommaga koʻrsatishni boshlagan. Uning ilk ommaviy kartinalari namoyishi 1919-yildaCentre d’Art galereyasida amalga oshirilgan. Bunda uning kartinalari emas balki 2 ta guash afishalar taqdim etilgan. Oʻsha yili René ommaga oʻzining ilk sanʼat asarini namoyish etgan. Ushbu kartina nomiFemmes („Ayollar“)[8] yokiNu („Yalangʻoch ayol“)[9] boʻlgan. Tadqiqotchilar Margittening ilk ijodidakubizm (ayniqsaPablo Picasso) vafuturizm taʼsiri kuchli ekanligini eʼtirof etishgan.
1920-yildabotanika bogʻida sayr qilib yurgan René tasodifan oxirgi marotaba 1914-yilda koʻrishgan Georgetteni uchratib qolgan. Renéning 1920–1921-yillardagi Belgiya armiyasidagi harbiy xizmatidan soʻng, 1922-yil 28-iyunda u va Georgette nikoh qurishgan hamda Bryusselning Laken tumaniga koʻchib oʻtishgan.
Magritte 1926-yilda BelgiyaningSento galereyasi bilan shartnoma imzolagunga qadar qogʻoz fabrikasida plakat va reklamalar rassomi sifatida ishlaydi. Shundan soʻng u oʻzini butunlay tasviriy sanʼatga bagʻishladi.
1926-yilda Magritte oʻzining eng birinchi omadli kartinasi hisoblagansyurrealistik janrdagiThe Lost Jockey kartinasini yaratadi. 1927-yilda tanqidchilar tomonidan omadsiz deb baholangan rassomning ilk koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Magritte va GeorgetteParijga koʻchib oʻtishadi va u yerdaAndré Breton bilan tanishib, uning syurrealistlar toʻgaragiga aʼzo boʻlishadi. Ushbu toʻgarakka a’zo boʻlish Magrittega oʻziga xos uslubiga ega boʻlishiga yordam beradi. Rassom boshqa syurrealistlar bilan bahslashishdan qoʻrqmaydi: misol uchun, upsixoanalizning sanʼatda namoyon boʻlishiga salbiy qaragan va qoralagan. René Magrittning ijodiga nazar tashlasak, rassom asarlarining tabiati psixologik emas, falsafiy-sheʼriy va fikrlash paradokslariga asoslangandir. Rassom oʻz ijodini „sehrli realizm“ deb ataydi. Magritte buni shunday taʼriflaydi: „Men obyekt yoki mavzuni savol tarzida qabul qilaman. Shunday soʻng ushbu savolning javobi boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa obyektni qidiraman. Javob boʻladigan obyekt savol bilan bir necha sirli bogʻliqliklarga ega boʻlishi kerak“[10].
Sento galereyasi bilan shartnomani bekor qilgandan soʻng Magritte Bryusselga qaytadi va yana reklama sohasida ishlay boshlaydi. Keyin esa akasi bilan birgalikda ularga doimiy daromad olib keladigan oʻz agentliklarini ochishadi[11].
Ikkinchi jahon urushi davridagi nemis okkupatsiyasi davrida René oʻz uslubini oʻzgartirib,impressionistlar, avvaloRenoir uslubiga taqlid qila boshlaydi: rassom ushbu qiyin davrda insonlarni ruhlantirish va ularda umid uchqunlarini uygʻotishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Shu sababdan ushbu davrdagi Magritte ijodi Renoir davriga oiddir (fransuzcha:Période Renoir)[12]. Ushdu davrga oid rassomning eng mashhur asarlaridan biri 1943-yilda yaratilganLa moisson („Hosil“) kartinasi hisoblanadi[13]. René Magritte oʻz ijodida yangi uslubni 1947-yil bahorigacha sayqallaydi. Ushbu uslubda 70 ga yaqin kartinalar yaratadi. Oʻzining yangikonsepsiyasini u „quyoshli syurrealizm“ (fransuzcha:Le Surréalisme en pleine soleil) deb nomlaydi. U Bretonga yuborgan maktubida hattoki yangi davr — „quyoshli davr“ni (fransuzcha:Période solaire) eʼlon qiladi. Lekin Breton va Magrittening muxlislari, shuningdek kolleksionerlar rassomning ushbu yangiliklariga salbiy fikrda boʻlishadi[14].
Urushdan soʻng rassom „quyoshli“ uslubda ijod qilishni toʻxtatadi va oʻzining urushdan oldingi uslubiga qaytadi. Oʻz kartinalarini qayta ishlab u oʻzining noodatiy uslubini yaratadi va keng miqyosda mashhurlikka erishadi.
René Magritte oʻziningEmpire of Light kartinasining yangi variantini oxiriga yetkaza olmay 1967-yil 15-avgustdaoshqozon osti bezi saratoni tufayli vafot etadi. RassomSxarbeks qabristoniga dafn etiladi.
1993-yilgi Belgiya pochta markasida René Magrittening portreti aks ettirilgan.
Magritte muzeyi (fr.:Musée Magritte) Bryusselning Qirollik sanʼat muzeylari kompleksiga kirib, 2009-yildaAntenlox mehmonxonasi binosida ochilgan[15]. 2500 m² maydondan rassomning 230 ga yaqin asarlari joy olgan. Ularning katta qismi rassomning rafiqasi Georgette va shoira Iren Xamoa kolleksiyalaridan olingan[16].