Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqdaTemuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOningbutun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi boʻlgan. „Registon“ soʻzi „qumloq joy“ degan maʼnoni anglatadi.Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar „Registon“ deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlarBuxoro,Shahrisabz vaToshkentda ham boʻlgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam.Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulugʻbek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega boʻldi. Zamonaviy Registon ansambli oʻzida Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida „Childuxtaron“ deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. UlarniKoʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasigaqoʻsh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan soʻng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va oʻrni maydon boʻlib qolgan. 100 yil orasida oxirgi koʻrinishini olgan bu Registonni koʻrish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Ulugʻbek madrasasi Registon maydonidagi eng qadimgi madrasa boʻlib,1417–1420-yillarda Temuriylar davlati hukmdori, astronomMirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan. Bu inshootning, biroz keyinroq rasadxonaning qurilishiSamarqandga oʻrta asrda Sharqning asosiy ilm-fan markazlaridan birining shuhratini keltirdi.
Madrasa Registon maydonining gʻarbiy qismida qurilgan, uning roʻparasida bir necha yildan soʻng Ulugʻbek xonaqohi qad koʻtargan, shimoliy tomonini karvonsaroy egallagan. Oxirgi ikki bino ikki asrga yaqin turdi, soʻngra ularning oʻrnida XVII asr boshlaridaSherdor madrasasi vaTillakori madrasasi qurilib, bugungi kungacha saqlanib qolgan[3].
Sherdor madrasasi Ulugʻbek madrasasi qarshisidagi maydonning sharqiy qismida1424-yilda barpo etilgan Ulugʻbek xonaqohi oʻrnida qurilgan. XVII asr boshlariga kelib xonaqoh ham maydondagi boshqa binolar qatori eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Samarqanddagi oʻzbek hukmdoriYalangtoʻsh Bahodirning buyrugʻi bilan Sherdor va Tillakori madrasalari qurilishi boshlandi. Sherdor madrasasi (yoʻlbarsli madrasa, „Arslonlar maskani“) Abdul-Jabbor ismli meʼmor, bezak ustasi Muhammad Abbos tomonidan qurilgan[4].
Tillakori madrasasi maydonning shimoliy qismidaSherdor madrasasidan oʻn yil oʻtib, karvonsaroy oʻrnida1420-yillardan buyon qad rostlagan. Binoning asosiy jabhasi, rejadagi kvadrat, nosimmetrik boʻlib, markaziy portal va ikki pogʻonali old qanotlardan iborat boʻlib, kamarli boʻshliqlar va burchak minoralari mavjud. Keng hovli perimetri boʻylab kichik turar-joy hujralari va xonalar bilan qoplangan. Hovlining gʻarbiy tomonida ustunlar ustidagi ikkita qoʻshni galereyasi boʻlgan gumbazli masjid binosi joylashgan.
Madrasa binosi geometrik va gulli naqshli mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Ichki bezakda zardoʻzlik koʻp ishlatilgan. Madrasa nomi „oltin bilan bezatilgan“ degan maʼnoni beradi. Masjiddagi mehrob va minbar zarhallangan, devorlari va qabrlari yuzasi oltindan koʻp foydalanilgan kundal rasm bilan qoplangan.
↑Xoroshxin A. P. Sbornik statey, kasayuщixsya Turkestanskogo kraya A. P. Xoroshxina.. – S.Peterburg., 1876.; D. I. Evarnitskіy. Putevoditel po Sredney Azіi. Otʼ Baku do Tashkenta.. – Tashkent., 1893. – S. 73-77; V. I. Masalskіy. TURKYeSTANSKІY KRAY. – S.-PYeTYeRBURGЪ., 1913. – T. 12