Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Rais

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rais (arab. – rahbar, sardor) – 1) Oʻrta Osiyo xonliklarida shariat qonunqoidalari, diniy marosimlar, urfodatlar, roʻza tutish, namoz oʻqish, xayru ehson ishlarining oʻz vaqtida aniq bajarilishini nazorat qiluvchi, ota-onalarning bolalarini maktabga yuborishlarini, savdo axlining haridorlar haqiga xiyonat qilmasligi uchun tarozi va toshlarning toʻgʻri boʻlishini tekshirib turuvchi mansabdor. Rais, shuningdek, shahar orastaligi va xavfsizligi uchun ham masʼul hisoblangan. Har bir yirik qishloq va shaharning oʻz Raisi boʻlib, qozikalon tavsiyasiga binoan xukmdor tomonidan tayinlangan. Xorazmshoxlar saltanatida boshqa oʻrta asr sulolalaridan farqli oʻlaroq butun mamlakat Raisi lavozimi mavjud boʻlgan; 2) muayyan saylov organlari va tashkilotlar rahbari (Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi va hokazo); 3) anjuman, majlis yoki yigʻinga rahbarlik qiluvchi shaxs.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rais&oldid=4937525" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp