Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Rabah Madjer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rabah Madjer
Madjer in 1987
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRabah Mustapha Madjer
Tavallud sanasi15-dekabr1958-yil (1958-12-15) (66 yosh)
Tavallud joyiHussein Dey,Algeria
Boʻyi1.79 m
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1972—1973Onalait Hussein Dey
1973—1978NA Hussein Dey
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1978—1983NA Hussein Dey94(58)
1983—1985Racing Paris50(23)
1985Tours (loan)7(2)
1985—1991Porto108(50)
1988Valencia (loan)14(4)
1991—1992Qatar SC9(6)
Milliy terma jamoa
1978—1992Algeria87(28)
Boshqargan klublari
1993—1995Algeria
1995—1997Porto (youth)
1997—1998Al Sadd
1998—1999Al-Wakrah
1999Algeria
2001—2002Algeria
2005—2006Al-Rayyan
2017—2018Algeria
2017—2018Algeria Aʼ
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rabah Mustapha Madjer (1958-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — jazoirlik sobiq professionalfutbolchi,hujumchi sifatida oʻynagan.

U 1980-yillarda „Porto“ oʻyinchisi sifatida yulduzlikka erishdi va barcha davrlarning eng yaxshi jazoirlik futbolchilaridan biri sifatida tanildi.[1][2] Ushbu klub bilan u olti yillik faoliyati davomida toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritdi, jumladan, uchta milliy chempionat va 1987-yilgi Yevropa kubogi.[3]

Oʻyinlar va gollar soni boʻyichaJazoir terma jamoasining eng sermahsul oʻyinchilaridan biri boʻlgan Madjer oʻz terma jamoasi bilan ikkitaJahon kubogida oʻynadi. Nafaqaga chiqqanidan soʻng darhol murabbiylik faoliyatini boshlagan, u bir nechta klublarni boshqargan.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Jazoirning KabillikHussein Dey tumanida (Tigzirt) tugʻilgan Madjer oʻzining Yevropadagi faoliyatini 1983-yilda mahalliyHussein Deydan Racing Club deFrance football Colombes 92ga oʻtkazgan. U bir yarim mavsum davomida u yerda qolib, 1984—1985-yillarni boshqa fransuz jamoasi „ Tours FC“ bilan yakunladi.[4]

Madjer“Porto ”ga 1985—1986-yilda kelgan va keyingi mavsumda“Bavariya”gaqarshi yevrokubok finalida klub tarixiga kirdi va esda qolarli finalda natijani 1:1 hisobida tenglashtirdi va yakunda 2:1 hisobida mutloq gálaba qozondi.Pele bu gol haqida shunday degan ekan: „Agar u orqasiga qaramaganida, bu men koʻrgan eng buyuk gol boʻlardi“. U oʻsha yili klubningQitʼalararo kubogini zabt etishda ham gol urdi.[5][6][7]

1987-yildan keyin Madjer „Oltin toʻp“ni Afrikada qoʻlga kiritdi[8], lekin u mintaqada tugʻilmagani uchun Yevropaning „Oltin toʻpi“ uchun kurashga ruxsat berilmadi. 1987—1988-yilgi mavsumning birinchi qismida u bor-yoʻgʻi 11 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻn marta gol urgan. 1988-yilning yozida u„Inter“ ga koʻchib oʻtdi, ammo tibbiy koʻriklar oʻyinchi oʻtmishda boʻlgan son mushaklarining jiddiy jarohatini aniqladi va shartnoma imzolanmadi.

„Bavariya“ga oʻtishga yaqin boʻlganidan soʻng Madjer 1988-yilning yanvaridaLa LiganingValensiya“ klubi bilan shartnoma imzoladi va bir necha oydan soʻng yana uch mavsum uchun avvalgi jamoasiga qaytdi. 1987-yilgi Yevropa Superkubogida klublar oʻzaro toʻqnash kelgan paytdaJohan Cruyff ham Madjerni OFK Ayaksga sotib olishga uringan edi.

Madjer 1992-yilda 34 yoshida, Qatar SC bilan qisqa muddat oʻynaganidan soʻng oʻyinni tark etadi.[9]

Xalqaro martabasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

MadjerJazoir terma jamoasida 19 yil oʻynagan va 1982 va 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati finallarida ishtirok etgan. U 28 yoshda, 87 oʻyinda mamlakatning eng yaxshi toʻpurari sifatida nafaqaga chiqdi, shuningdek, 1990-yilda Afrika Millatlar Kubogida gʻolib chiqdi.

Madjerning eng mashhur goli 1982-yilgi Jahon chempionatida JazoirningGermaniya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabasiga toʻgʻri keladi, oʻshanda u 53-daqiqada hisobni ochgan.[10]

Oʻyindan keyingi karyerasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1993-yilda MadjerJazoir terma jamoasiga murabbiylik qila boshladi, biroq 1994-yilgi ikkita yirik musobaqada, Jahon chempionati va CAN musobaqalarida qatnasha olmaganidan soʻng isteʼfoga chiqdi va Portoga yoshlar koordinatori sifatida qaytdi.[1]

Keyinchalik u Qatarning “ Al Sadd SC” (1997—1998) va “Al-Vakrah Sport Club” (1998—1999) klublarini boshqargan.[9]

2005-yilda Qatarning „ Al Rayyan“ klubiga murabbiy etib tayinlangan.[11]

Murabbiylik davridan soʻng Madjer Qatarda Al-Jazeera Sports (hozirda beIN Sports) uchun professional tahlilchi sifatida faoliyatini boshladi.[12]

2011-yilda u „UNESCO Goodwill Ambassador“ lavozimiga tayinlandi.[13]

Karyera statistikasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]
ClubSeasonLigaNational CupLeague CupContinentalBoshqaUmumiy
DivisionQ/soniGollarQ/soniGollarQ/soniGollarQ/soniGollarQ/soniGollarQ/soniGollar
Hussein Dey1978–79National 1
1979–80
1980–81
1981–82
1982–83
Umumiy945800009458
Racing Paris1983–84Ligue 22720503220
1984–85French Division 123352285
Umumiy50231026025
Tours (loan)1984–85French Division 172
Porto1985–86Primeira Liga19122102313
1986–872066463113314
1987–881180044111615
1988–8924623312910
1989–9026131163316
1990–918100410135
Umumiy108461190023145213871
Valencia (loan)1987–88La Liga14400144
Qatar1991–92Qatar Stars League9696
Jami282139

Yutuqlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Hussein Dey

  • Jazoir kubogi : 1978–79
  • Afrika kubogi gʻoliblari kubogi : 2-oʻrin sohibi 1978-yil

Porto

  • Primeira Liga : 1985–86, 1987–88, 1989–90
  • Taça de Portugaliya : 1987–88, 1990–91
  • Supertaça Candido de Oliveyra : 1986, 1990
  • Yevropa kubogi : 1986–87
  • Qitʼalararo kubok : 1987-yil

Xalqaro

  • Afrika Millatlar Kubogi : 1990-yil
  • Afro-Osiyo Millatlar Kubogi : 1991-yil
  • Afrika oʻyinlari : 1978-yil

Individual

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,1African legends: Rabah Madjer;BBC Sport, 1 September 2003
  2. Rabah Madjer; UEFA, 16 January 2003
  3. Peter Law. „African legends: Rabah Madjer“. BBC Sport (1-sentabr 2003-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2011-yil.
  4. „SportMob – FC Porto Best Players of All Time“ (inglizcha). SportMob (6-aprel 2021-yil). 2022-yil 25-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  5. „Porto, snow and Tokyo“. UEFA (9-dekabr 2004-yil). Qaraldi: 23-mart 2018-yil.
  6. „Madjer lobs Porto to glory in the snow“. FIFA (13-dekabr 2012-yil). 6-yanvar 2019-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2018-yil.
  7. Intercontinental Club Cup 1987; atRSSSF
  8. African Player of the Year 1987; at RSSSF
  9. 9,09,1„Madjer the magnificent“. FIFA (14-oktabr 2008-yil). 23-mart 2018-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
  10. „Argelia, con fútbol disciplinado, humilló a la poderosa Alemania“ (ispancha). ABC (17-iyun 1982-yil). Qaraldi: 14-iyun 2015-yil.
  11. Shaheen, Amr. „Madjer to coach Qatari club“.BBC Sport (21-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2022-yil.
  12. „Algerian soccer great Rabah Madjer to become UN Goodwill Ambassador“.United Nations (10-oktabr 2011-yil). 23-mart 2018-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
  13. „Rabah Madjer“. Goodwill Ambassador. UNESCO. Qaraldi: 26-fevral 2020-yil.
  14. „Legends“. Golden Foot. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2015-yil.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Yevropa kubogi davri
UEFA Chempionlar Ligasi davri
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rabah_Madjer&oldid=5357956" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp