Rúben dos Santos Gato Alves Dias (talaffuzi: Ruben dos Santos Gato Alves Dias; 1997-yil 14-mayda Portugaliyada tugʻilgan) — portugaliyalikfutbolchi, „Manchester City“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasihimoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Dias „Estrela da Amadora“ va „Benfica“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
2014-yilda Rúben Dias yoshlar jamoasi tarkibidaMaltada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[5][6]. Turnirda Rúben Dias Shotlandiya, Shveysariya, Germaniya va Angliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[7][8].
2016-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rúben Dias Germaniyada boʻlib oʻtganyoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[9][10]. Turnirda Rúben Dias Avstriya, Germaniya va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11].
2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rúben DiasJanubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda Rúben Dias Zambiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].
2018-yilning 28-may kuni Rúben Dias Portugaliya terma jamoasi safida Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[16]. Oʻsha yili Rúben DiasRossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Ammo Turnirda Rúben zaxiradan maydonga tushmagan.