Quvasoy | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°18′0″N71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°E /40.30000; 71.96667 | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Viloyat | Fargʻona |
| Hukumat | |
| • Hokim | Zafarjon Toʻraqulov[1] |
| Asos solingan | 1954-yil |
| Ilk eslatilishi | XIV asr |
| Qachondan beri shahar | 1957-yil |
| Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
| Aholisi (2022) | 96,8 |
| Milliy tarkib | Oʻzbeklar,Tojiklar,Ruslar,Qirg'izlar,Koreyslar |
| Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, provoslavlar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Pochta indeks(lar)i | 150900-150909 |
Quvasoy —Fargʻona viloyatidagi 4 tashahardan biri. Quvasoy shahri 1954-yilda tashkil topgan. Shahar markazi Quvasoy shahri.Fargʻona shahridan janubi-sharq tomonga 22 km masofada joylashgan boʻlib, Fargʻona shahri, Quva tumani,Fargʻona tumani hamdaQirgʻiziston respublikasi bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 264 km² ni tashkil qiladi.
QUVASOYLIKLAR KANALI👇
https://t.me/Quvasoyliklar_Kanali
Aholisi 96,8 ming kishidan ortiq (2022-yilgi hisob-kitoblarga koʻra), shu jumladan, shahar aholisi — 42,9 ming kishi (57,6%), qishloq aholisi — 31,6 ming kishi (42,4%). Milliy tarkibga koʻra oʻzbeklar 43,5%, tojiklar 29%, qirgʻizlar 11,5%, ruslar 7,9% boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Maʼmuriy hududiy tuzilishi jihatidan 36 ta aholi yashash punktlariga boʻlinadi.
Temir yoʻl stansiyasi bor. Quvasoydakichikkorxona, mikrofirma va boshqa turdagi korxonalar faoliyat yuritadi. Aholigamaishiy xizmat koʻrsatish korxonasi,shisha, idish,gʻisht,chinni,temir-beton, uy-roʻzgʻorkimyosizavodlari, avtokorxona,qurilish korxonalari ishlab turibdi. Markaziykasalxona,poliklinika,dorixona va boshqatibbiy muassasalar mavjud. Quvasoy shahrida masjidlar va cherkovlar ham faoliyat yuritadi. Undan tashqari Quvasoy katta bozori ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Quvasoydan Fargʻonaga avtobus, yengil avtomabillar va xususiytaksilar qatnaydi.
Qulay tabiiy sharoit, ohaktosh, gips va turli gillarning eng boy konlari, yirik koʻmir konining yaqinligi, Quvasoydan oʻtgan temir yoʻl — bularning barchasi sovet davrida yirik sanoat markazining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi.
Shaharda 5 ta yirik sanoat korxonasi mavjud:
Sement, shifer, qurilish oynasi, konserva, shisha, temir-beton buyumlar ishlab chiqariladi.
Shaharda 8 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda:
Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati +30 °C, yanvarda esa 0 °C ni tashkil qiladi.
Shaharda „Zebuniso“ madaniyat saroyi, 29 taumumtaʼlim maktabi shundan 2 tasi gimnaziya ([ayrim fanlar chuqurlashtirilgan maktab]) va 1 ta Prezident maktabi va undan tashqari 2854 oʻquvchiga moʻljallangan 3 ta kasb-hunar kolleji mavjud(2020-yilgi tahririyatga koʻra).Kutubxonalar,madaniyat uylari,madaniyat va istirohat bogʻi bor.
2https://t.me/Quvasoyliklar_Kanali
| Oʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |