Qurbaqalar –dumsizsuvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Botqoqlashuv jarayonini tezlashtiradi. Uzunligi 2–25 sm[1][2]. Koʻpchilik qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoqlaribaqalarga nisbatan kalta. 21urugʻi, 300 dan ortiqturi bor.Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasidatropikAfrikada tarqalgantirik tugʻuvchi qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Koʻpchilik (200 ga yaqin) turlari asl qurbaqalar urugʻiga kiradi. Asl qurbaqalarning koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan; orqa oyogʻi barmoqlarida suzgich pardalar qoldigʻi bor; koʻzidan keyinroqda yirik quloqoldi, tanasining orqa tomoni boʻylab maydazahar bezlari joylashgan[3].Yevrosiyoningoʻrmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 sm keladigan oddiy, yaʼni kulrang qurbaqalar,choʻl,dasht,oʻrmon vatogʻlarida (4 800 m gacha balandlikda) esa koʻk qurbaqalar keng tarqalgan.Oʻzbekiston faunasida faqat koʻk qurbaqalar (uzunligi 14 sm gacha) uchraydi.
Aksariyat qurbaqalar – quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xilhasharotlar va boshqaumurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Koʻpchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qoʻyadi. Qurbaqalar bogʻ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi.Janubiy Amerikaning mahalliy aholisiaga qurbaqalari zaharini oʻq-yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiQizil kitobiga kiritilgan.
↑Sabater-Pi, J. (1985). "Contribution to the biology of the Giant Frog (Conraua goliath, Boulenger)". Amphibia-Reptilia6 (1): 143–153. doi:10.1163/156853885x00047.