Qozonxon, Qazon Sulton (? -1347) —Chigʻatoy ulusixoni (1332— 47).Chigʻatoyxonnaslidan boʻlgan Yasavur oʻgʻlonning farzandi. 1332-yilmovarounnahrda xonliktaxtiga oʻtiradi. Q.ning hukmronlikvaqtida zoʻravonlik va zulm kuchayadi,aholining turmushi yomonlashadi.AmirQazagʻonulusning tirik qolgan aʼyonlari bilan ittifoq tuzib bosh koʻtaradi va Soli-Saroydaqoʻshin toʻplab, Q.ga qarshijangga tayyorlanadi.1345 yilda Darayi Zangiyqishlogʻi yaqinidagidashtda har ikki qoʻshin toʻqnashadi. Bu jangda amir Qazagʻonning qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi. Gʻolib Q.Qarshishahri tomon yoʻl oladi. Shu yiliqishning qattiq sovugʻidan Q.lashkari ulovining koʻp qismi qirilib ketadi. Amir Qazagʻon bu holatdan xabar topgach, zudlik bilan qoʻshin jamlab, Q.ni yoʻq qilmoq maqsadida raqibi tomon yuradi. 1347-yilda 2 tomon lashkarlari yana toʻqnash keladi. Jang amir Qazagʻonning gʻalabasi bilan yakun topadi. Q. jang maydonida qatl qilinadi.
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |