Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Qorluq xoqonligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qorluq xoqonligi hududi

Qorluq xoqonligi (uygʻurcha: Qarluqxaqanligi,xitoycha:nghunghui,Pinyin:Géluólù Yèhùguó) –qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan va qabila federatsiya sifatida faoliyat olib borgan oʻrta asrlar davlati. Ayni vaqtda qorluqlarIslomni qabul qilgan ilk turk qabilalaridan biridir.Devanu Lugʻatit turkda: „قرلق Qorluq“ „Bu koʻchmanchi turklardan bir guruhining nomidir. Ularoʻgʻuzlardan ajralib turadi. Oʻgʻuzlar kabi turkmandirlar“ shaklida eslab oʻtilgan[1].

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

753-yildaTung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning hukmdori boʻldi. Ilgari „Kul-Erkin“ unvoniga ega boʻlgan „Uch qorluq“ qabila boshligʻiga„Yabgʻu“ unvoni berilar edi. Poytaxt sifatidaSuyob shahri tanlangan.

756-yildaqorluqlarOnoklar avlodidan boʻlganTurkesh xoqonligini magʻlubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzgan. 766-yilda davlat poytaxiBalasagʻunga koʻchirilgan.

840-yilda boshqa bir qorluq urugʻi tomonidan asos solinganQoraxoniylarga tobe boʻlgan.Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolgan. 893-yildaSirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirganIsmoil Somoniy qarluqlarni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi vaTalas shahrini egallaydi. 943-yilda oʻgʻuzlar va yagʻmolarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligiQoraxoniylaning hujumidan soʻng butunlay parchalanib ketgan.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t-Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi.ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 473.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qorluq_xoqonligi&oldid=5500757" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp