Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Qorashina

Koordinatalari:38°20′32″N66°33′43″E / 38.34222°N 66.56194°E /38.34222; 66.56194
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qorashina
shaharcha
38°20′32″N66°33′43″E / 38.34222°N 66.56194°E /38.34222; 66.56194
MamlakatOʻzbekiston
viloyatQashqadaryo viloyati
tumanDehqonobod tumani
Iqlim turikontinental
Rasmiy til(lar)ioʻzbek
Aholisi
23 200
Vaqt mintaqasiUTC+5
Qorashina xaritada
Qorashina
Qorashina

Qorashina (ruscha:Карашина) —Oʻzbekiston RespublikasiningQashqadaryo viloyatiDehqonobod tumanida joylashgan shaharcha. Dehqonobod tumanning maʼmuriy markazi.2009-yil13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomini olgan. U Dehqonobod tumanidagi ikkita shaharchadan biri hisoblanadi.

Etimologiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharchaqora vashin yokishina soʻzlaridan tarkib topgan. Shaharcha nomining Qarashina shaklidagi talaffuzi ham uchrab turadi. Turkiy va moʻgʻul tillarida qora, qara va xara soʻzlari balandlik, doʻnglik maʼnosida qoʻllangan. Qozoq tilida shin soʻzi choʻqqi, togʻning baland choʻqqisi, yuksak qoyasi maʼnosini bildiradi. Shuningdek, ting va shing soʻzlari ham togʻ choʻqqisi deganidir. Oltoy yoki uyrat, hakas, tuva, shor tillarida sin bu togʻ tizmasi, choʻqqi, qoya, balandlik deganidir. Xitoychada Tyanshan ham tangrilar togʻi maʼnosini beradi.

Shunga koʻra Qorashina bu uncha baland boʻlmagan togʻ deganidir. Qishloq nomiga togʻ etnonimi berilgan[1].

Joylashuvi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qorashina shahri Dehqonobod tumanida, Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 101 km janubi-sharqda joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi boʻlmish Dehqonobod vokzali Beshbuloq MFY (10 km) da joy olgan.

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharchaning aholisi 8,4 ming kishi (2002-yil) ga teng.

2013-yil1-yanvardagi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida koʻrsatilishicha Qorashina shaharchasida 11119 nafar,2016-yilgi hisob-kitob natijalariga koʻra esa 11.9 ming nafar aholi istiqomat qilishi aniqlangan. Aholining demografik koʻpayish darajasi viloyatda eng yuqori boʻlgan shaharchalardan biri hisoblanadi[2].

Shahar hududida oʻzbeklar bilan bir qatorda qozoq, qirgʻiz va tojik millatiga mansub aholi ham istiqomat qiladi.

Iqlimi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharchaning iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 0,6° C, iyul oyiniki 28,4° C ga teng.

Yogʻin miqdori

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududiga yiliga oʻrtacha 277 mm miqdorida yogʻin tushadi.

Suv taʼminoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Shaharcha buloqlar suvidan taʼminlanadi. Shuningdek, shaharcha hududida katta suv havzasi ham mavjud.

Ijtimoiy soha

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qorashina shaharchasida tuman hokimiyati binosi, umumiy taʼlim maktablari, musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji, aloqa boʻlimi, kutubxona, meteorologiya stansiyasi, dehqon bozori, sport majmuasi, tuman markaziy kasalxonasi va boshqalar tibbiy muassasalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat olib boradi[3].

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 387-bet.ISBN 978-9943-354-60-9. 
  2. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 149-bet.ISBN 978-9943-5519-4-7. 
  3. "Qorashina"OʻzME.K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasidaarxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Markazi:Qarshi
Viloyatga boʻysunuvchi
shaharlari
Tumanlari
Tumanga boʻysunuvchi
shaharlari
Shaharcha va qishloqlari


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qorashina&oldid=5190779" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp