Qon quyish (gemotransfuziya) — davolashmuolajasi;qon va uning tarkibiy qismlari (qon plazmasi,eritrotsitlar,leykotsitlar vatrombotsitlar massasi)ni davo maqsadida bemor organizmiga quyish. Qadimda shifokorlar qon odamning hayot qobiliyatini oshiradi deb taxmin qilib, yoshartirish maqsadida, ruhiy kasalikka chalingan bemorlarni davolashda qoʻllashgan, lekin bunda qon quyish oʻrniga uni bemorga iliq holda ichirish tavsiya etilgan. Qon quyishga urinishlar ingliz olimi U.Garvey tomonidan yopiq qon aylanish sistemasining kashf etilishidan (1628-yil) soʻng boshlandi. XIX asrga kelib odamga faqat odam qonini quyish mumkinligi isbotlandi. Biroq qon quyish tibbiyot amaliyotiga XX asr boshlarida kishilarda qonning 4 gruppasi borligi aniqlangach retsipiyent (qon oluvchi) va donor qonining mos kelishi qonuniyatlari oʻrganilgandan soʻng joriy qilindi (Qon gruppalari). Donor qonining ivib qolishiga toʻsqinlik qiladigan va uni uzoq muddat saqlaydigan (konservatsiya) vositalarining topilishi qon quyishning yanada keng tarqalishiga imkon berdi.
Qon quyishning qadimiy usulida ishlatiladigan shisha.
Qon quyishda donordan olingan qon shuningdek, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Shok holatlari koʻp qon yoʻqotish bilan kechadigan operatsiyalar, ichki aʼzolardan (meʼda, oʻpka va boshqalar) qon ketganda, anemiya, yiringli jarayonlarda, kuyganda, zaharlanganda va boshqalarda qon quyiladi. Qonda eritrotsitlar miqdori kamaysa eritrotsitlar massasi, leykotsitlar kamayganda esa leykotsitlar massasi quyiladi. Qon bevosita (donordan retsipiyentga) va bilvosita (donordan olinib, konservantli flakonga solib qoʻyilgan qon ishlatiladi) periferik yoki katta venalarga tomchilatib, baʼzan koʻp qon yoʻqotilganda oqizib arteriyaga quyiladi; koʻpincha qon bilak venasidan yuboriladi. Qon quyishdan oldin donor va retsipiyentning qon gruppalari, rezus-faktori tekshiriladi. Qon quyishdaretsipiyent bilandonorning qon gruppalari oʻzaro munosib boʻlishiga qatʼiy amal qilinadi. Amaliy transfiziologiya uchun AVO, Kp (rezus), Ke11 (Kell) va boshqa antigenlar muhim ahamiyatga ega. Qon quyish chogʻida bemorga quyilishi lozim boʻlgan miqdorni tezlikda quymasdan boʻlib-boʻlib (3 marotaba) yuboriladi, dastlab qonning ozroq miqdori tez yuborilib bir oz kutiladi, bemorda hech qanday noxushlik alomatlari paydo boʻlmasa muolaja davom ettiriladi. Qon quyish aseptika qoidalariga rioya qilgan holda vrach nazoratida bajariladi. Qon quyganda belda ogʻriq tursa, koʻngil aynisa, eshakemi toshsa qon quyish toʻxtatilib, bemor darhol adyolga oʻralib, unga issiq choy ichiriladi va shifokor buyurgan muolaja oʻtkaziladi[1].
Uilyam Styuart Halsted, MD (1852-1922-yil) Qoʻshma Shtatlardagi birinchi qon quyishdan birini amalga oshirdi.
AvstriyalikKarl Landshtayner 1901-yilda insonning uchtaqon guruhini (O, A va B) kashf etganidan soʻngina qon quyish ilmiy asosga erishdi va xavfsizroq boʻldi.
Landshtayner nojoʻya taʼsirlar ikki mos kelmaydigan odamning qonini aralashtirish natijasida paydo boʻlishini aniqladi. U bir-biriga mos kelmaydigan turlarni aralashtirish immunitet reaksiyasini keltirib chiqarishini va qizil qon hujayralari toʻplanishini aniqladi. Immunologik reaksiya qon quyish qabul qiluvchisida donor qon hujayralariga qarshi antikorlar mavjud boʻlganda yuzaga keladi.Qizil qon hujayralarining yoʻq qilinishi qon oqimiga erkingemoglobinni chiqaradi, bu esa halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Landshtaynerning ishi qon guruhini aniqlash imkonini berdi va qon quyish ancha xavfsizroq amalga oshirilishiga imkon yaratdi. Oʻzining kashfiyoti uchun u 1930-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. berikoʻplab boshqa qon guruhlari kashf etilgan.
Quritilgan plazma toʻplami 400 ml butilkalarni oʻz ichiga olgan ikkita qalay qutiga solingan. Bitta shishada boshqa shisha ichidagi quritilgan plazmani tiklash uchun yetarli miqdordadistillangan suv bor edi. Taxminan uch daqiqadan soʻng plazma foydalanishga tayyor boʻladi va taxminan toʻrt soat davomida yangi holatga oʻtib qolishi mumkin[3]. DoktorCharlz R. Drew tibbiy nazoratchi etib tayinlandi va uprobirka usullarini ommaviy ishlab chiqarish uchun birinchi muvaffaqiyatli texnikaga aylantira oldi.
↑"Qon quyish"OʻzME.Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
↑"The first direct human blood transfusion: the forgotten legacy of George W. Crile". Neurosurgery64 (3 Suppl): ons20–26; discussion ons26–27. March 2009. doi:10.1227/01.NEU.0000334416.32584.97. PMID19240569. "[...] the first successful blood transfusion performed between 2 brothers on August 6, 1906, at St. Alexis Hospital, Cleveland, OH."