Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Qizil maydon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qizil maydon
Красная площадь
Eski nomlariPojar, Torg, Bolshaya ploshshad
Umumiy maʼlumot
MaqomiQurilishi yakunlangan
ManziliTver tumani
ShaharMoskva
MamlakatRossiya
Balandligi
TipMaydon
Qizil maydon

Qizil maydon –Moskva shahri hamdaRossiyaning asosiy maydoni boʻlib,Moskva Kremli (gʻarbda) vaKitay-gorod (sharqda) oʻrtasida joylashgan.Vasilevsk qiyaligi orqaliMoskva daryosi qirgʻogʻi bilan tutashgan. Maydon Kremlning shimoli-sharqiy devori boʻylab, Kreml va Voskresenskiy darvozasi tor koʻchalaridan to Kreml qirgʻogʻiga chiqadigan Vasilevskiy qiyaligiga qadar choʻzilgan. Qizil maydondan sharqqa Nikolskaya, Ilinka va Varvarka koʻchalari boshlanadi. Maydonning gʻarbiy tomonida Moskva Kremli, sharqiy tomonida esaYuqori va Oʻrta savdo rastalari joylashgan. Moskva Kremli bilan yagona meʼmoriy majmuani tashkil etsa-da, tarixan Kitay-gorodning bir qismi hisoblanadi[1][2][3][4][5][6].

Qizil maydondaLobnoye mesto, Minin va Pojarskiy yodgorligi,Vladimir Lenin maqbarasi,Kreml devori nekropoli joylashgan. Maydonning shimoliy qismidaDavlat tarix muzeyi vaQozon sobori, janubidaPokrovskiy sobori joylashgan. Meʼmoriy ansamblUNESCO tomonidanUmumjahon merosi yodgorligi sifatida muhofaza qilinadi[1][7][8].

Maydon qadimdan savdo qilinadigan joy vazifasini oʻtab kelgan, bu yerda koʻp asrlar davomida ketma-ket ravishda vaqtinchalik va doimiysavdo rastalari qurilgan. Sovet davrida maydonda harbiyparadlar vanamoyishlar boʻlib oʻtgan,SSSR parchalanganidan keyin jamoat tadbirlari vakonsertlar oʻtkazilib kelinmoqda[9][4][10][11][7][12].

Umumiy uzunligi – 330 metr, eni – 75 metr, maydoni – 24 750 m2. Qrim gabbro-diabazidan tayyorlanganbruschatka bilan qoplangan[1][13][14][9].

Etimologiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qizil maydon nomi bir necha marotaba oʻzgargan. Maydon haqidagi birinchi eslatma XV asrga oid yilnomada va 1434-yilda telba Maksimning oʻlimi haqidagi qaydda uchraydi. Qizil maydon XVII asrning boshlarigacha „Torg“ deb atalgan. Bu joyda tantanali marosimlar,salib yurishlari („Eshakka minib yurish“ marosimi),jazo va qatllar oʻtkazilgan[1][2][3].

„Savdo bilan bogʻliq boʻm-boʻsh joy“ maʼnosidagi „pojar“ nomi ham uchragan. 1534-yili yilnomada Kitaygorod devori qurilgan hudud quyidagicha koʻrsatilgan: „pojar atrofida butun savdo rastalari joylashgan“[1]. Bu nomning olovga aloqasi boʻlmagan. Rassom Apollinariy Vasnetsov shunday yozgan:

1634-yilgi manbalardaSmolensk urushidagi muvaffaqiyatsizliklar sabab sarkarda Mixail Shyein va okolnik Artyomiy Izmaylovning „pojarda boshi kesilgan“ hukmi keltiriladi. 1643-yil qaydda aytilishicha, „Oktyabr oyining 22-kunida podsho Kazanskayaning muqaddas Bibi Maryam huzuriga, „pojar“ga borgan“. Shunga oʻxshash bozor „pojarlari“Suzdal,Novgorod vaQozonda ham boʻlgan[1]. Vaqti-vaqti bilan maydon „Bolshoy“ deb ham atalgan[1].

XVII asrning oʻrtalaridan boshlab (ehtimol undan ham oldinroq) maydon harbiy marosim oʻtkazish uchun foydalanila boshlandi: elchilar va xorijiy hukmdorlarni kutib olish uchun unda qoʻshinlar saf tortgan. Shunday qilib, 1658-yilda Gruziya podshosiTeymuraz I Moskvaga kelishi arafasida rus podshosiAleksey Mixaylovich: „Kitay-gorodda, Beliy gorodda va Zemlyan gorodda Gruziya podshosi oʻtadigan koʻchalarda, pojarda oziq-ovqat chaylalari, polklar va skameykalar[1] va koʻprikdagi eski oʻrmon[2] va arava qatoridagi hamma narsani tozalab tashlang“ deya buyruq bergan. Ikki kundan soʻng, Rossiya bilan ittifoqchi boʻlgan Gruziya podshosi Teymuraz I shaharga kelganida, „askarlar miltiqlar bilan pojarning ikki tomonida turib, nayzalar bilan askar safini himoya qilishgan“[1][2].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,11,2Романюк, «Сердце Москвы. От Кремля до Белого города» 2013. sfn error: no target: CITEREFРоманюк,_«Сердце_Москвы._От_Кремля_до_Белого_города»2013 (help)
  2. Рахматуллин. Точки силы 2001. sfn error: no target: CITEREFРахматуллин._Точки_силы2001 (help)
  3. Жуков. История Москвы в датах 2013. sfn error: no target: CITEREFЖуков._История_Москвы_в_датах2013 (help)
  4. 4,04,1Сытин 1958. sfn error: no target: CITEREFСытин1958 (help)
  5. Бондаренко 2006. sfn error: no target: CITEREFБондаренко2006 (help)
  6. Рачинский 2011. sfn error: no target: CITEREFРачинский2011 (help)
  7. 7,07,1Зеленецкий 1851. sfn error: no target: CITEREFЗеленецкий1851 (help)
  8. Муравьёв 2007. sfn error: no target: CITEREFМуравьёв2007 (help)
  9. 9,09,1Москва в далёком прошлом 1962. sfn error: no target: CITEREFМосква_в_далёком_прошлом1962 (help)
  10. Гейнике 1917. sfn error: no target: CITEREFГейнике1917 (help)
  11. Славянская энциклопедия 2001. sfn error: no target: CITEREFСлавянская_энциклопедия2001 (help)
  12. Быков, Деркач. «Книга Москвы. Биографии улиц, памятников, домов и людей» 2017. sfn error: no target: CITEREFБыков,_Деркач._«Книга_Москвы._Биографии_улиц,_памятников,_домов_и_людей»2017 (help)
  13. Manba xatosi: Invalid<ref> tag; no text was provided for refs namedcobble
  14. Бартенев, «Московский Кремль в старину и теперь» 1912. sfn error: no target: CITEREFБартенев,_«Московский_Кремль_в_старину_и_теперь»1912 (help)

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qizil_maydon&oldid=5445003" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp