Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Qiyos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Islom haqidagitushunchalarning bir qismi
Usul al-Fiqh
Fiqh
Ahkom
Yuridik lavozimlar va unvonlar

Qiyos (arab. — taqqoslash) — shariat manbalaridan biri (Qurʼon, sunna, ijmo bilan birga). Q.da dastlabki 2 manba — Qurʼon va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga oʻxshash masala boʻyicha berilgan qoʻrsatmaga taqqoslash yoʻli bilan sharh etilgan. Mas, aroqning shayton ishi ekanligi, urush-janjal, adovat chiqarishi sababidan u Qurʼoni karimda man etilgan. Aroqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham aroq kabi salbiy natijalar boʻlishini hisobga olib, unga Qiyos. qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Qiyos islom dinini zamon va taraqqiyot ila yon-mayon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Qiyosning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlarning mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqei oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hozirgi ham Qiyosga amal qilinadi.

Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qiyos&oldid=5304690" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp