Qishki Olimpiada —sportning qishki turlari boʻyicha jahon miqyosida oʻtkaziladigan turkum musobaqalar. 1924-yildanXalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan har 4 yilda oʻtkaziladi (1940, 1944-yillarda oʻtkazilmagan). 1908-1920-yillarda muz ustida figurali uchish, 1920-yildashaybali xokkey Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Qishki Olimpiadabiatlon,bobsley,kyorling,konkida uchish (500 m dan 10000 m gacha poyga, muz ustidafigurali uchish),chana sporti,changʻi sporti,shaybali xokkey boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi.
Qishki Olimpiada oʻtkazilgan joylar. Yashil bilan bir, koʻk bilan esa bir necha marta qishki Olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar koʻrsatilgan.- I Olimpiada oʻyinlari — 1924,Chamonix (Fransiya)
- II va V — 1928 va 1948,St. Moritz (Shveysariya)
- III va XIII - 1932 va 1980,Lake Placid (AQSh)
- IV - 1936,Garmisch-Partenkirchen (Olmoniya)
- VI — 1952,Oslo (Norvegiya)
- VII — 1956,Cortina d'Ampezzo (Italiya)
- VIII — 1960,Squaw Valley (AQSh)
- IX va XII - 1964 va 1976,Innsbruck (Avstriya)
- X — 1968,Grenoble (Fransiya)
- XI — 1972,Sapporo (Yaponiya)
- XIV - 1984,Sarayevo (Yugoslaviya)
- XV — 1988,Kalgari (Kanada)
- XVI— 1992,Albertville (Fransiya)
- XVII — 1994,Lillehammer (Norvegiya)
- XVIII — 1998,Nagano (Yaponiya)
- XIX — 2002,Salt Lake City (AQSh)
- XX — 2006,Turin (Italiya)
- XXI — 2010,Vankuver (Kanada)
- XXII — 2014,Sochi (Rossiya)
Oʻzbekiston sportchilari Qishki Olimpiadalarda 1994-yildan ishtirok etib keladi.Lina Cheryazova,Sergey Brener (fristayl),Tatyana Malinina (muz ustida figurali uchish),Komil vaElmira Urumboyevlar (changʻi sporti) kabi sportchilar Qishki Olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.
 | Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |