Qayumars —turkiy vaforsiy xalqlarogʻzaki ijodi va yozmaadabiyotida keng tarqalgan afsonaviyobraz. Q. haqidagiafsonaning turli variantlari qadimiy yozmamanbalardan "Avesto", "Tarixi Tabariy" (Tabariy), "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" (Beruniy) va boshqalarasarlarda bor. Q. "Avesto"da Gaya Maretan, Gaya Martan deb yuritilgan.S.P. Tolstovning fikricha, Q. — "Gavomard"soʻzidan kelib chiqib "Buqa odam", maʼnosini anglatgan va uXorazmda yashagan.
Beruniy Q.ning "Girshoh" (Togʻshohi) hamda "Gilshoh" (Loyshoh) deganlaqablari boʻlganini yozadi va Q. soʻziningtarjimasi "tirik", "soʻzlovchi" ekanini bildiradi. Q. haqidagi afsonaning Beruniy asaridagibayoniga koʻra,Ahrimanning qilmishlaridanxudo hayratda qoladi va uning peshonasidan ter chiqadi. Terni artib tashlaganda, ter donasidan Q. paydo boʻladi. Xudo Q.ni Ahriman yoniga joʻnatadi. Q. Ahriman yoniga kelib, uningyelkasiga minib oladi va shu holdadunyoniaylana boshlaydi. Ahriman hiyla bilan Q.ni yelkasidan uloqgirib tashlaydi va ustiga minib olib, bosh tomonidan yeya boshlaydi. Beliga yetganida Qurugʻdonidan yerga ikki dona urugʻ tushadi. Ulardanoʻsimlik unib chiqadi. Oʻsha oʻsimliklardan bir qiz va bir oʻgʻil (Meshi va Meshona) paydo boʻladi. UlarniforslarOdamato vaMomohavo deb,xorazmliklar Mard va Mardona deb ataydilar. Bu afsonaning boshqa variantlari ham koʻp. Q. haqidagi barcha afsonalarda Qadolat uchun qurashuvchi, kishilarnijamiyat boʻlib yashashga oʻrgatuvchi,hayot vayaxshilik timsoli sifatidanamoyon boʻladi, doimo yovuzlikka (devlar va insjinslarga) qarshi kurashadi.
Q obrazitasviriy sanʼatda ham aks etgan; 1932-yilTallibarzu (Samarqand yaqini)da Q.ning yarimhoʻkiz, yarimodam shaklidagitasviri chizilgansopol buyumlar topilgan.
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |